Choshtepa koʻchasi (Toshkent)
Choshtepa koʻchasi — Sergeli tumani hududida, Yangi Sergeli koʻchasi bilan Toshkent viloyatining Erkin qoʻrgʻoni oraligʻida joylashgan. Uzunligi 6 km atrofida. Qadimiy karvon yoʻllaridan biri. Tarkibida 11 ta tor koʻcha va 3 ta berk koʻcha bor.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Sergeli |
Uzunligi | 6 km |
Kesishgan koʻchalari | Yangi Sergeli Ko’chasi,Toshkent viloyatining Erkin qo’rgoni oralig'i |
Koʻchada joylashgan binolar | 11-poliklinika, yo’l-qurilish boshqarmasi, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobazalar,maʼmuriy va shaxsiy turar joy binolari |
Tarixi
tahrirChor Rossiyasi davrida pochta yoʻli sifatida foydalanilgan. Keyinchalik Katta Oʻzbekiston traktining bir qismi boʻlgan. 1967-yil 17-oktyabrda yoʻnalishidagi tarixiy obida — Choshtepa nomi berilgan[1].
Binolar
tahrirYoʻnalishida 11-poliklinika, yoʻl-qurilish boshqarmasi, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobazalar, 2-jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab oʻrnatilgan yodgorlik, „Shin-Don“ Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi, bir nechta kichik va oʻrta biznes subʼektlari, maʼmuriy va shaxsiy turar joy binolari va boshqalar joylashgan. Mustaqillik davrida koʻchada rekonstruktsiya ishlari olib borilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.