Choymomo
Choymomo — oʻzbek folklorida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan mifologik obrazlardan biri. Surunkali esgan shamolni toʻxtatish uchun Choymomoga murojaat qilish bilan boglik turli xil ishoncheʼtiqodlarni oʻz ichiga olgan marosim Chimkent viloyatida yashovchi oʻzbeklar tomonidan oʻtkazib kelingan.
Qadimda odamlar kuchli yel, quyun yoki dovul sifatida namoyon boʻladigan hamda ekintikinlarni payhon qilib, daraxtlarning mevasini toʻkib, katta ziyon yetkazadigan shamolni yovuz kuch alomati deb bilishgan. Bevaqt esgan shamolni toʻxtatish va hosil nobudgarchiligining oldini olish maqsadida bu tabiiy hodisaga turli magik amallar bilan taʼsir kursatishga harakat kilishgan. Ana shu mifologik karashlar asosida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan Ch. obrazi hamda u bilan bogʻliq shamol tuxtatish marosimi yuzaga kelgan.
Choymomo marosimining qad. kurinishi ayollar tomonidan oʻtkazilishi hamda ijro etiladigan "CH." qoʻshigʻining matnida epiklik va emotsionallik aks etib turishi bilan xarakterlansa, maʼlum oʻzgarishlarga uchragan koʻrinishi shamol tuxtatish amallarining faqat erkaklar tomonidan bajarilishi va "Chuychuy momo" qoʻshigʻi ijro etilishi bilan farkdanib turadi.
Choymomo marosimining utkazilish tartibi va unda aytiladigan qoʻshiqlarning bir necha xil tiplari mavjud. Masalan, uning bir kurinishida keksa ayollar bilan 5—7 ta buy yetgan qizlar ishtirok etea, boshqa bir variantida chodrali kampir bilan 7 yetim qiz qatnashgan. Marosimning uchinchi lokal variantida esa barcha udumlar 3 nafar kampir tomonidan bajarilgan: ulardan biri oʻqlogʻini minib olsa, ikkinchisi supurgi ushlab olgan, uchinchi kampir xonadonlardan yigiladigan masalliklarni (un, bugʻdoy va shahrik.ni) toʻrvaga solib koʻtarib yurgan. Uch kampir ana shu holatda qishloqsagi har bir uy oldiga borib, "Choymomo" qoʻshigʻini aytishgan:Choymomo, choy, choy, choy, Chayilib qolsin quv shamol, Bosabosa beringlar, Bosilib qolsin quv shamol! Ugauga beringlar, Ugilib qolsin bu shamol. Choymomolar oʻlibdi, Oʻgʻli yetim qolibdi, Choymomoning onasi Amakimga boribdi, Choymomo, choy, choy, Chayilib qolsin quv shamol...
Adabiyot
tahrir- Divayev A., Zaklinaniye i priziv vetra, v kn.: Etnograficheskoye obozreniye, vip. 12, 1910; Sarimsoqov B., Oʻzbek marosim folklori, T., 1986; Taydjanov K., Ismailov X., Osobennosti doislamskix verovaniy u uzbekovkaramurtov, v kn.: Drevniye obryadi, verovaniya i kulti narodov Sredney Azii, M., 1986.
Toʻra Mirzayev, Mamatsul Joʻrayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |