Chris Reed
Chris Reed (Talaffuzi: Kris Rid; 1989-yil 7-iyul, Kalamazu, Michigan — 2020-yil 14-mart Michigan) — muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan yaponiyalik figurali uchuvchi. Kana Muramoto bilan birgalikda Yaponiyaning uch karra chempioni (2016—2018), jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (2017), Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi (2017), Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi (2018) va Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2018) boʻlgan.
Chris Reed | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Chris Reed |
Davlat | Yaponiya |
Boʻyi | 185 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 164,38 |
Qisqa dastur | 65,65 |
Erkin dastur | 98,73 |
Reed muz ustida birinchi marta singlisi Cathy bilan sheriklikda raqsga tushgan. Birgalikda oʻtkazgan yillari davomida ular yetti karra Yaponiya chempioni (2008-2011, 2013-2015), Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori (2011), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2012) va ikkita Olimpiada ishtirokchisi (2010, 2014). 2015-yilda Cathy oʻzining sport faoliyatini yakunladi, shundan soʻng Chris Kana Muramoto bilan uch mavsum davomida konkida uchdi.
Faoliyati
tahrir2006—2007-yilgi mavsumdan boshlab Cathy Reed va Chris Yaponiyani xalqaro maydonda himoya qilgan. Bundan tashqari, ular oʻsmirlar darsajasi bosqichini oʻtkazib yuborib, darhol „kattalar“ toifasida raqobatlasha boshladilar.
Kana Muramoto bilan Reed juftigi NHK Trophy turnirining Gran-pri bosqichida debyut qilib, oxirgi oʻrinni egalladi. Yil yakunida ular mamlakat chempionligini qoʻlga kiritishdi. Juftlik yanvar oyi boshida Polshada boʻlib oʻtgan Nesquik kubogida ikkinchi oʻrinni egallashdi, shu bilan birga oldingi barcha yutuqlarini yaxshilashdi. Ular ishonch bilan chempionatga yoʻllanma oldi. Taypeyda oʻtkazilgan qitʼa chempionatida juftlik shimoliy amerikaliklardan tashqari eng yaxshi raqqoslar qatoriga kirishdi. Bostonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Muromoto va Reed qisqa dastur boʻyicha oʻz yutuqlarini yaxshilash bilan birga finalchilar qatoridan joy olishdi[1].
Juftlik AQShda oʻtkazilgan Olimpiya oldidan yangi mavsumni sentyabr oyi oʻrtalarida Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan turnirda ikkinchi oʻrinni egallagan holda boshladi[2]. Shu bilan birga, ular qisqa dastur va yakuniy natija boʻyicha oldingi yutuqlarini yaxshilashdi. Oktyabr oyi oʻrtalarida yapon juftligi Chikagoda boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida chiqish qilishdi va turnir jadvalining oʻrtasidan joy oldi. Dekabr oyi oxirida Osakada boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Muramoto va Reed oʻtgan yilgi muvaffaqiyatini ishonch bilan takrorlashdi[3]. 2017-yil yanvar oyi boshida yaponiyalik juftlik Polshada Nestle Nesquik kubogi musobaqasida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egalladilar, shu bilan birga ular umumiy va erkin dasturda erishgan oldingi yutuqlarini yaxshiladilar. Fevral oyi oʻrtalarida juftlik Janubiy Koreyaning Gangneung shahrida qitʼa chempionatida ishtirok etib, kuchli oʻntalikdan joy olishdi. Bir hafta bittaoʻtgach, ular Sapporoda 8-qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Mart oyining oxirida yaponiyalik figurali uchuvchilar Helsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashishdi, ammo finalga chiqa olishmadi. Uch hafta oʻtgach, jamoaviy jahon chempionatida yaponiyalik juftlik umumiy va qisqa dasturda erishilgan oldingi yutuqlarini yaxshilashdi. Bunday natija Yaponiya terma jamoasining oltin medallarni qoʻlga kiritishiga yordam berdi[4][5].
Natijalari
tahrirCathy Reed bilan | ||||||||||
Musobaqa | 05/06 | 06/07 | 07/08 | 08/09 | 09/10 | 10/11 | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||||||
Olimpiada - muz ustida raqs | 17 | 21 | ||||||||
Olimpiada - jamoa | 5 | |||||||||
Jahon chempionati | 16 | 16 | 15 | 13 | 24 | 20 | 18 | 22 | ||
Toʻrt qitʼa chempionati | 7 | 7 | 7 | |||||||
Gran-pri Yaponiya | 8 | 8 | 7 | 7 | 7 | 5 | 6 | 6 | ||
Gran-pri AQSh | 9 | 7 | 5 | |||||||
Nebelhorn Trophy | 4 | 7 | ||||||||
Zagrebning Oltin Konkisi | 4 | 5 | 9 | |||||||
World Team Trophy | 3 | 1 | 3 | 3 | ||||||
Osiyo oʻyinlari | 2 | |||||||||
Torun Cup | 2 | 4 | ||||||||
NRW Trophy | 2 | |||||||||
Milliy | ||||||||||
Yaponiya chempionati | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||
AQSh chempionati (Rookies) | 1 |
Kana Muramoto bilan | |||
Musobaqa | 15/16 | 16/17 | 17/18 |
---|---|---|---|
Xalqaro | |||
Olimpiada - muz ustida raqs | 15 | ||
Olimpiada - jamoa | 5 | ||
Jahon chempionati | 15 | 23 | 11 |
Toʻrt qitʼa chempionati | 7 | 9 | 3 |
Gran-pri Yaponiya | 7 | 9 | |
Gran-pri AQSh | 8 | 7 | |
Nebelhorn Trophy | 2 | ||
U.S Classic | 2 | 3 | |
World Team Trophy | 1 | ||
Osiyo oʻyinlari | 2 | ||
Toruń Cup | 2 | 3 | |
Milliy | |||
Yaponiya chempionati | 1 | 1 | 1 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Чемпионат мира. Пападакис и Сизерон победили, Майя и Алекс Шибутани — 2-е, Синицина и Кацалапов — 9-е.“. 24-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-aprel 2016-yil.
- ↑ „US International Classic. Танцы на льду. Хаббелл и Донохью победили, Мурамото и Рид — 2-е.“. 20-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Skate America. Танцы на льду: Шибутани победили, Боброва — Соловьев третьи.“. 1-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2016-yil.
- ↑ „Командный чемпионат мира. Танцы на льду. Чок и Бейтс выиграли короткую программу, Боброва и Соловьев третьи.“. 6-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-aprel 2017-yil.
- ↑ „Командный чемпионат мира. Танцы на льду: Уивер и Поже выиграли произвольный танец, Боброва и Соловьев третьи.“. 6-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-aprel 2017-yil.