Christina Beier
Christina Beier (talaffuzi: Kristina Beyer; 1984-yil 9-iyun, Manila, Filippin) — Filippinda tugʻilgan Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Akasi William Beier bilan juftlikda konkida uchgan. Christina qisqa vaqt ichida akasi bilan boʻlgan hamkorligini toʻxtatgan va bsohqa sherigi Tim Giesen bilan bir mavsum davomida birga musobaqalarda chiqish qilgan. Beier & Beier juftligi toʻrt karra (2005-2006, 2008, 2010) Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan[1].
Christina Beier | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Olmoniya |
Tavalludi | 9-iyun 1984-yil |
Boʻyi | 170 sm |
Sherigi | William Beier |
Oldingi sheriklari | Tim Giesen |
Murabbiyi | Martin Skotnicky |
Jamoasi | TSC Eintracht Dortmund |
Yakunlagan | 2010 |
Shaxsiy rekordlari | |
Standart raqs |
31.48 2004 Skate Canada |
Original raqs |
47.89 2005 Skate America |
Erkin raqs | 78.45 |
Faoliyati
tahrirBeierlar 1990-yilda Filippindan Germaniyaga koʻchib oʻtgan[2]. Christina Beier yetti yoshida konkida uchishni boshlagan. U ikki yil davomida yakka holda konkida uchgan va keyin akasi William Beier bilan muz ustida raqs bilan shugʻullangan. Ular 2005 — 2006 va 2008—2010-yillarda Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan[3].
Christina oyogʻidan jarohat olgani sabab, Bierlar juftligi 2006—2007-yilgi mavsumda ishtirok etmadilar. 2008-yil fevral oyida jarohat tufayli ular 2008-yilgi Jahon chempionatini ham tark etishgan.
2008-yil may oyida Beierlar juftlikda birga uchmasliklarini va hamkorligini tugatishini eʼlon qilgan. Christina Beier Tim Giesen bilan juftlik hosil qilgan va 2008—2009-yilgi mavsumda u bilan musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha mavsumdan keyin Christina yana akasi bilan musobaqalarda chiqa boshlagan. Ular murabbiylari Albena Denkova va Maksim Staviskiy bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazishgan. William Beierning tizzalarida muammo borligi sabab, baʼzi musobaqalarda qatnashishmagan. Beierlar 2010-yilda konkida uchish faoliyatini yakunlagan.
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
William Beier bilan
tahrirXalqaro | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 99–00 | 00–01 | 01-02 | 02-03 | 03-04 | 04-05 | 05-06 | 07-08 | 09-10 |
Olimpiya | 18ㅤ | ||||||||
Jahon chempionati | 20ㅤ | 13ㅤ | |||||||
Yevropa chempionati | 16ㅤ | 15ㅤ | 13ㅤ | 15ㅤ | 15ㅤ | ||||
GP Bompard | 6ㅤ | ||||||||
Bofrost Cup | 6ㅤ | ||||||||
Finlandia | 4ㅤ | ||||||||
Ice Challenge | 3 | ||||||||
Karl Schäfer xotirasi | 3 | ||||||||
Nebelhorn | 3 | 2ㅤ | |||||||
Ondrej Nepela | 2ㅤ | ||||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. | 15ㅤ | 11ㅤ | 5ㅤ | ||||||
EYOF | 2ㅤ | ||||||||
National | |||||||||
Germaniya chemp. | 2 | 1ㅤ | 1ㅤ | 2ㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ | 1ㅤ |
Tim Giesen bilan
tahrirMilliy | |
---|---|
Mavsum | 2008 — 2009 |
Germaniya chempionati | 4 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Competition Results: Christina BEIER / Tim GIESEN“. International Skating Union. 14-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Christina Beier & William Beier“. ice-dance.com (2002-yil oktabr). 11-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2022-yil.
- ↑ Mittan, Barry. „Christina and William Beier: Germany's Beiers Finish Fourth at JGP Final“. GoldenSkate (10-fevral 2003-yil).