Chuhra
Chuhra - Temuriylar, Shayboniylar davrida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi xos maxram. Ch.lardan saroy qoʻriqchilari, yaʼni hukmdorning shaxsiy gvardiyasi tashkil qilingan. Ch.likka aslzoda, zodagon va yuqori tabaqa farzandlari jalb etilgan. Boburnint taʼkidlashicha, Abu Sayd Mirzo saroyida 100 ta Ch. xizmat qilgan, ularning 50 tasi Xuroson Ch. tobini, qolgan 50 tasi esa Samarkand Ch. tobini deb yuritilgan. Ch.lar, tabiiyki, hukmdor hokimiyatini asrash, unga sodiq qolish ruhida tarbiyalangan. Asosan, hukmdor qarorgohini qoʻriqlash uchun xizmatga jalb etilgan. Ch. zarur vaziyatlarda harbiy harakatlarda ham qatnashgan. Ch.lar xizmat chogʻida bevosita chuhra oqosi hamda chuhraboshiga boʻysungan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |