Chukotka muxtor okrugi (eskim: Чукоткакэн Автономныкэн округ) — Rossiya Federatsiyasidagi muxtor okrug. 1930-yil 10-dekabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasining chekka garbiy sharqida. Chukotka yarim orol va materikning bir qismi hamda orollar (Vrangel, Ayon, Arakamchechen, Ratmanov va boshqalar)da joylashgan. Sharqiy Sibir, Chukotka va Bering dengizlari bilan chegaradosh. Okrugning koʻpgina qismi Shimoliy Qutbiy doiradan shimolida. Maydoni 737,7 ming km². Aholisi 73,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (66%), shuningdek, ukrain; shimoliy xalqlardan: eskimos, even, chuvan, yukagir va boshqalar yashaydi. Shahar aholisi 69,3%. 8 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 3 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi – Anadir shahri Boshqa shaharlari – Bilibino, Pevek. Chukotka muxtor okrugio. hududida paleolit davridan odamlar yashab kelgan. 17-asrda Chukotkani Rossiya egallagan. 19-asrning 20-yillaridan amerika sanoatchi va savdogarlari kela boshlagan.

Rossiya Federatsiyasi subyekti
Чукотский автономный округ
Chukotka muhtor okrugi
Chukotka muhtor okrugi bayrogʻi Xabarovsk oʻlkasi gerbi
Chukotka muhtor okrugi bayrogʻi Chukotka muhtor okrugi gerbi
Administrativ markaz Anadir
Maydon 721 481 km² (7-chi)
- suv qismi 3,3%
Aholi 50,7 ming kishi (82-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 0,07 kishi / km²
YaIM 42 mlrd rub. (78-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 831,1 ming rub.
Byudjet daromadi 14,85 mlrd rub.
- maʼlumot olingan vaqt 2011
Federal okrug Uzoq Sharq
Iqtisodiy tuman Uzoq Sharq
Gubernator Roman Valintinovich Kopin
RF subyekti kodi 87
Vaqt mintaqasi Andoza:MSK+8

Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlarining qirgʻoqlari kam oʻyilgan, yirik qoʻltigʻi – Chauna qoʻltiqchasi. Bering dengizida chuqur fordlar va yirik qoʼltiqlar bor. Okrug hududini oʻrab turgan dengizlar yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Okrugning markaziy qismda Anadir yassitogʻligi, janubi-sharqida Anadir payettekisligi, shimoliy-sharqda Chukotka togʼligi (eng baland joyi 1843 m) bor. Foydali qazilmalardan qalay, simob ruda konlari, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʼmir, gaz va boshqa topilgan.

Iqlimi qattiq sovuq. Ichki rayonlarda keskin kontinental. Qishi 10 oygacha davom etadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Bering dengizi sohillarida –15°, –21°, ichki qismlarida –27°, –39°. Eng past temperatura –38°, –55°. Qishda kuchli shamollar esadi. Yozi qisqa, salqin va seryogʻin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 5–10°, Anadir pastekisligida 13°– 14°. Yiliga 200–500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri okrugning janubiy qismida 80–100 kun. Keng maydonlar koʻp yillik muzloq, yerlardan iborat. Daryolari Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzalariga mansub. Eng yiriklari: Anadir, Velikaya, Amguema, Omolon, Kagga va Kichik Anyuy. Koʻl koʻp. Okrug oʼrmonli tundra, tundra va arktika choʻllari zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, togʻtundra tuproqlari, pasttekisliklarda gleyli, gleylibotqoq va torfgleyli tuproqlar mavjud. Tundra oʻsimliklari usadi. Togʻlarning yuqori yon bagʻrilarida va Vrangel o.da arktika muz sahrolari bor. Anadir va boshqa yirik daryolar havzasida toʻptoʻp oʻrmonlar (tilogʻoch, terak, koreys toli, qayin, qandagʻoch va boshqalar) uchraydi. Chukotka muxtor okrugida qutb tulkisi, boʻri, rosomaxa, burunduq, olmaxon, lemming, oq quyon, qoʻngʻir va oq ayiqlar; qushlardan oq va tundra kuri, oʻrdak, gʻoz, oqqush va boshqa yashaydi. Sohilda "qushlar bozori"da kayra, gaga, chagʻalaylar bor. Dengizlarda baliq (keta, gorbusha, golets) va dengiz hayvonlari (morj, nerpa va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllarda chir, nelma, xarius mavjud. Vrangel oroli qoʻriqxonasi bor.

Okrug iqtisodiyotida kon sanoati yetakchi oʻrinda. Oltin, qalay, volfram, simob, koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazlari bor. Baliq, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Baliq, moʻynali va dengiz hayvonlari ovlanadi. Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq – buguchilik. Sut chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik, shuningdek, darrandachilik (oq tulki, kumush rang qora tulki koʼpaytiriladi) salmoqli oʻrin egallaydi. Issiqxona xoʻjaligi rivojlangan. Kartoshka, sabzavot yetishtiriladi.

Asosiy transport turlari – dengiz va havo transportlari. Portlari: Pevek, Provideniya, Anadir, Egvekinot, Bering. Kema katnaydigan daryolari: Anadir, Velikaya, Katta va Kichik Anyuy. Qattiq qoplamali yoʻllar uz. 1279 km. (2002). Chukotka muxtor okrugio.da umumiy taʼlim maktablari, oʻrta maxsus bilim yurtlari, kutubxona, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriykurort muassasasi va boshqa bor.

Hududiy boʻlinishi

tahrir