Chulimlar
Chulimlar, chulim tatarlari — Chulim daryosi (Ob daryosi irmogʻi)ning oʻrta va quyi oqimi boʻylarida yashovchi turkiy guruh. Ch. Sibir xonligi qulagach, Sharqqa tomon siljigan ayrim turkiy qavmlar, qisman teleutlar va Yenisey qirgʻizlarining selkuplar va ketlarning mayda guruhlari bilan aralashuvi natijasida 17— 18-asrlarda shakllangan. Ch. oʻtroq hayot tarzi kechirib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Ch. ajdodlari xakaslar va ruslar bilan aralashib ketgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |