Chulishman yassitogʻligi
(Chulishman yassitog'ligidan yoʻnaltirildi)
Chulishman yassitogʻligi - Sharqiy Oltoy (Oltoy Respublikasi) dagi yassitogʻlik. Jan.gʻarbida Chulishman daryosi vodiysi va shim.sharqda Shagapal tizmasining gʻarbiy yon bagʻri oraligʻida. Gʻarbi (oʻrtacha balandligi 2000–2200 m) va jan.da kristalli slanets va granitlardan tashkil toptan tizmalar (eng baland joyi 3148 m) qad koʻtargan. Tizmalar yon bagʻirlarida 2000 m balandlikgacha kedrtilogʻoch taygasi mavjud, undan yuqorida toshloq tundra uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |