Chungnam Milliy Universiteti (CNU) – Janubiy Koreyaning Tejon shahrida joylashgan boʻlib, u oʻnta Flagship Koreya milliy universitetlaridan biridir.

Chungnam milliy universiteti
충남대학교
Shiori Bunyodkorlik, rivojlanish va jamiyatga xizmat qilish
Turi milliy universitet
Asos solingan sanasi 1952 (72 yil avval) (1952)
Rektori Lee Jin-sook, PhD
Manzili
Yuseong,Tejon,Janubiy Koreya
Kampusi Daedeok and Munhwa
Veb-sayti cnu.ac.kr

Tarixi

tahrir

• U 1952-yil 25-mayda Koreyaning yagona provinsiyaviy keng qamrovli universiteti sifatida tashkil etilgan. Birinchi kampus Daesadongdagi Boun shahrida qurilgan va liberal sanʼat kolleji, qishloq xoʻjaligi kolleji va muhandislik kollejini oʻz ichiga olgan. Aspirantura 1957 yilda tashkil etilgan.

• 1962-yilda u Chungcheong milliy universitetini tashkil qilish uchun universitetni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonga binoan vaqtincha Chungbuk milliy universiteti bilan birlashtirildi, ammo keyingi yili u yana ajralib chiqdi va milliy universitetga aylandi.

• 1973-yilda yengil sanoat va mashinasozlik kafedrasi (hozirgi mashinasozlik boʻlimi), Toʻqimachilik muhandisligi boʻlimi (hozirgi organik materiallar muhandisligi boʻlimi), kimyo muhandisligi (hozirgi amaliy kimyo muhandisligi kafedrasi), hayvonlar kafedrasi va chorvachilik (hozirgi chorvachilik fani boʻlimi), Qishloq xoʻjaligi muhandisligi kafedrasi (hozirgi biotizimlar va mashinasozlik kafedralari ochildi.

• 1977-yilda hukumat uni sanoat taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan universitet sifatida belgiladi va arxitektura,muhandislik taʼlimi boʻlimi (hozirgi qurilish muhandisligi taʼlimi kafedrasi) bilan sanoat taʼlimi kollejini tashkil etdi.

• 1979 va 1985-yillar oraligʻida tibbiyot maktabidan tashqari aksariyat kampuslar hozirgi Daedeok kampusiga koʻchib oʻtdi. • 2016-yilda yangi Osiyo biznesi va xalqaro tadqiqotlar kafedrasi,2020-yilda esa ayollar va gender tengligi boʻlimi tashkil etilgan.

Reytingi

tahrir

Britaniyaning Quacquarelli Symonds (QS) va Chosun Ilbo universitetlari baholash agentligi tomonidan chop etilgan „QS World University Rankings 2019“ reytingida u 701-750, Osiyoda 151 va mahalliy universitetlar orasida 26-oʻrinni egalladi Buyuk Britaniyadagi Times Higher Education (THE) tomonidan chop etilgan „Times Higher Education World University Rankings“da Osiyoda 251-300-oʻrinlarni egalladi [1]. Shanxay Jiao Tong tomonidan chop etilgan „2019-yilgi Jahon universitetlari reytingi“da jahon universitetlari orasida 601-700, mahalliy universitetlar orasida 16-21-oʻrinlarni egalladi[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir