Chuqurbosma
Chuqurbosma (matbaada) - bosma qolipning harf bosish elementlari asosiy sirtdan chuqurroq joylashganligi bilan tekis bosma va yuqori bosma usullaridan farq qiladigan bosma turi. Harf bosish elementlari qancha chuqur joylashgan boʻlsa, nusxa olishda qolipdan qogʻozga shuncha koʻp boʻyoq oʻgadi. Chuqurbosma usulida bosilgan nashrlarda rangli yarimtonlar sifatli chiqadi. Chuqurbosmada dasturli rostlash qurilmasidan foydalaniladi. Odatda, Chuqurbosma rangli rasmlari kup jurnallar, fotoalbomlar, portretlar, kitoblarning rangli varaklari va boshqalarni bosish uchun ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |