Churrak (Anas crecca) – oʻrdaklar oilasiga mansub parranda[1]. Ogʻirligi 200–450 g. Oyoq kafti uzun, biroq barmoqlari qisqa. Narining ustki rangi qoʻngʻir kulrang, qorni oq, baʼzan sargʻish. Koʻkragida qora dumaloq dogʻi bor. Boshi va boʻyni mallaqizgʻish, yonidan qorayashil yoʻl oʻtgan. Modasi qoʻngʻir, malla yoki kulrang xolli. Yozgi tullashdan soʻng narining tusi modasiga oʻxshash boʻlib qoladi. Churrak Gʻarbiy Yevropa, Rossiya, Eron, Shimoliy Gʻarbiy Mongoliya, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Suv havzalari kirgʻoqlariga uya quradi; 8–11 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini modasi bosadi. Suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar, oʻsimliklar urugʻi, kurtagi va boshqa qismlar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Ovchilik katta ahamiyatiga ega.

Churrak
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Anas crecca

Manbalar

tahrir
  1. „Tawny Eagle - Aquila rapax“ (deadlink). The Eagle Directory. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.