Cihangir masjidi - Beyog'luning Purtelaş mahallasida, Cihangir ko'rfazi etagida joylashgan. Birinchi masjidni shahzoda Cihangir uchun Sulaymon Buyuk farmoni bilan Mimar Sinan qurgan (1559). Keyinchalik. masjid ko‘p marta zilzila va yong‘inlar paytida vayron qilingan va qayta qurilgan. Oxirgi marta esa 1889 - yilda Ikkinchi jahon urushi paytida Sulton Abdulhamid buyrug'i bilan qayta qurilgan.

{{{yapı_adı}}}
Temel bilgiler
Meʼmor
Xususiyatlari
Mimar Sinan Tasviriy San'at Universitetining Fındıkli markaziy kampusi oldida bo'lgan Shehzade Cihangir masjidining Bosfor bo'g'ozidan ko'rinishi (2013 yil fevral)

Bugungi kunda masjid toʻrtburchak shaklda bo'lib, qiya joyda qurilgan. Tayanch devorli hovlining ikkita darvozasi bor. 14 m kenglikdagi gumbazning 4 ta ustuni bo'lib, bu ustunlarning burchaklarida minoralar bor. Ark devorlari katta panjarali derazalar bilan qoplangan va ustki tomonlari bezatilgan. Gumbaz va yon devor koshinlari qoʻrgʻoshin bilan qoplangan.

Masjid favvorasi devorga tutashgan.Jomedagi asosiy qabrda Shayx Hasan Cihangiriy yotibdi. Sharqiy devorga yon hududda tutash sardoba ham qurilgan. Jomening shimoliy devorida marmar plitalar ustida o'ymakorlik ishlari ishlangan.

Jamoat namoz yeri yopiq boʻlib, ikki tomoni gumbazli, oʻrtada xoch gumbazi joylashgan. Masjidning ikki tarafida qoʻshaloq minoralar bor. Masjid 2015-yilda Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan restavratsiya qilingan va 3 yillik restavratsiya ishlaridan so‘ng, 2018-yilda ibodat uchun qaytaochilgan. Qayta tiklash jarayonida 1868-1890- yillarga oid o‘ttiz to‘qqizta xattotlik lavhalari o‘g‘irlik holatlari tufayli masjiddan olib, muzeyga olib ketilgan. Bu asarlar Mustafo Izzet, Hofiz Ahmad Sunbuliy, Samiy, Rakim, Hasan Rizo, Sabri, Shafik, Muhammed Fehmi, Muhammad Nazif, Nazif, Orif, Mehmed Tohir, Seyyid Ali, Alaeddin, Haseni, Ceriy, Misâidiy Rizo Üskudariy va Shevki kabi xattotlar tomonidan yozilgan.

Galereya

tahrir


Manbalar

tahrir

Hakan Arli, Cihangir masjidi, O'tmishdan hozirgi kungacha Istanbul entsiklopediyasi, 2-jild, 431-3-bet.

Havolalar

tahrir