Achille-Claude Debussy (talaffuzi: Ashil-Klod Debyussi; 1862.22.8, Sen-Jermen-an-Le, Parij yaqinida — 1918.25.3, Parij) — fransuz kompozitori, pianinochi, dirijyor. Musiqiy impressionizm asoschisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olib (1872—84) yurgan paytlarida Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 1885—86 y.lari Rimda, 1887 y.dan Parijda yashagan. Pianinochi va dirijyor sifatida bir nechta mamlakatlarda konsert bergan. Impressionizm va Sharq musiqasi taʼsirida shakllangan uslubi musiqiy-tasviriy vositalarning yorqinligi va nafisligi, garmoniya va cholgʻulashtirish usullari yangiligi, kuylari nozik va goʻzalligi bilan ajralib turadi. "Pelleas va Melizanda" (M. Me-terlink dramasi asosida, 1902) operasi, "Oʻyinlar" (1912), "Kamma" (1912), "Oʻyinchoqlar qutisi" (1913) baletlari, simfonik orkestr uchun "Favnning tushdan keyingi dam olishiga prelyudiya" (S. Mallarme asari asosida, 1894), "Noktyurnlar" turkumi (1899), "Dengiz" (1905), "Iberiya" syuitasi (1908), kantatalar, 50 dan ziyod romanslar, qator cholgʻu (shu jumladan, fortepiano uchun mukammmal turkum) asarlar muallifi.

Claude Debussy
Tavalludi 22-avgust 1862[1]
Vafoti 25-mart 1918[1][2]
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Manuel Debussy

Manbalar

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil