Claude Nicollier
Claude Nicollier (talaffuzi: Klod Nikolye 1944-yil 2-sentyabrda Shveysariyaning Vevey shahrida tugʻilgan[1]) shveysariyalik birinchi astronavt. U toʻrtta Space Shuttle missiyalarida uchgan. Uning birinchi kosmik parvozi 1992-yilda (STS-46) va oxirgi kosmik parvozi 1999-yilda (STS-103) boʻlgan. U Hubble kosmik teleskopiga (STS-61 va STS-103) xizmat koʻrsatish missiyasida qatnashgan. Oxirgi koinot parvozi paytida u kosmik sayohatda qatnashib, kosmik kemaning missiyasi paytida buni amalga oshirgan birinchi Yevropa kosmik agentligi astronavti boʻldi. 2000-yilda u Xyustonda ESA yetakchi astronavti lavozimini saqlab qolgan holda Astronavtlar idorasida yangi lavozimga tayinlandi. Nicollier 2007-yil aprel oyida ESAdan nafaqaga chiqdi.
Claude Nicollier | |
---|---|
Tavalludi | 1944-yil 2-sentyabr (78 yosh) Vevey, Shveysariya |
Fuqaroligi | Shveysariya |
Kasbi | Shveysariyaning Lozanna shahridagi Shveysariya Federal Texnologiya Instituti professori |
Millati | shveysariyalik |
Kosmik karyera | |
Daraja | Kapitan, Shveysariya havo kuchlari |
Kosmosdagi vaqt |
42 kun 12 soat 05 daqiqa |
Tanlash | 1978-yil ESA guruhi |
Missiyalar | STS-46, STS-61, STS-75, STS-103 |
Missiya belgisi |
U 2007-yil 28-martda Lozannadagi École Polytechnique Fédérale de unversitetida Fazoviy texnologiya boʻyicha professor unvoniga sazovvor boʻldi[2]
U Swiss Space Systems kompaniyasining ekspert kengashi aʼzosi boʻlgan[3].
Talim
tahrirNicollier 1944-yil 2-sentyabrda tugʻilgan. 1962-yilda Lozannadagi Gymnase de Lozanna (oʻrta maktab)ni tamomlagandan soʻng Lozanna universitetida fizika fakultetida tahsil oldi va 1970-yilda bakalavr darajasini qoʻlga kiritdi[1]. Nicollier 1970—1973-yillarda universitet qoshidagi Astronomiya institutida va Geneva rasadxonasida aspirant olim boʻlib ishladi. 1975-yilda Geneva universitetida astrofizika boʻyicha magistr darajasini oldi. Bunga parallel ravishda, u 1966-yilda Hawker Hunterdagi Fliegerstaffel 5 -da Shveysariya Harbiy-havo kuchlarining uchuvchisi boʻldi. Nicollier u yerda kapitan unvonini qoʻlga kiritib, 5600 soat parvoz vaqtini, shu jumladan 4000 soatini reaktiv samolyotlarda qayd etdi. Keyinchalik, 1988-yilda u Buyuk Britaniyaning Boskomb Daun shahridagi Empire Test Pilot maktabini sinovchi uchuvchi sifatida tamomlagan[1].
Shaxsiy hayoti
tahrirNicollier Meksikaning Monterrey shahrida yashovchi Susana Perez bilan oila qurgan. Ularning ikkita qizi bor edi: 1974-yilda tugʻilgan Maya va 1978-yilda tugʻilgan Marina[4].
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Astronaut Bio:C. Nicollier“. NASA (2007-yil dekabr). Qaraldi: 30-dekabr 2010-yil.
- ↑ EPFL press release: Claude Nicollier nommé professeur ordinaire de technologies spatiales, 28 March 2007.
- ↑ „About us“. Swiss Space Systems. 2013-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2013-yil.
- ↑ „Claude Nicollier: family“. spacefacts.de. Qaraldi: 30-dekabr 2010-yil.