CommScope Holding Company, Inc. tarmoq infratuzilmasi taʼminotiga ixtisoslashgan Amerika kompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Shimoliy Karolina shtatining Hikori shahrida joylashgan. 30 000 dan ortiq ishchi kuchiga ega kompaniya 2013-yil 25-oktabrda Nasdaq fond birjasi roʻyxatiga kirgan.

CommScope Holding Company, Inc.[1][2][3]

CommScope Corporate bosh ofisi, Hikori, Shimoliy Karolina
Turi Ochiq aksiyadorlik kompaniyasi
Tarmogʻi Telekommunikatsiya
Qachon asos solingan 1976
Joylashuvi Hickory, North Carolina, AQSh
Asoschi(lari) Frank M.Drendel
Brendlari
  • KRONE
  • AMP NetConnect
  • SYSTIMAX
  • Uniprise
  • ERA
  • HELIAX
  • ONECELL
  • SURFboard
Budjeti AQSh$9,23 milliard (2022)
Operatsion foydasi Decrease AQSh$−714 million (2022)
Boyligi Decrease AQSh$11,69 milliard (2022)
Sof foydasi Decrease AQSh$−1,35 milliard (2022)
Ishchilar soni 30,000+ (December 2022)
Vebsayti CommScope.com

CommScope toʻrtta alohida biznes segmentlarida tarmoq infratuzilmasi mahsulotlarini loyihalash va ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi: turar-joy tarmoqlari, yuqori chastotali tarmoqlar, oʻquv maskanlari va tashkilotlarga moʻljallangan tarmoqlari hamda tashqi simsiz tarmoqlar.

Tarixi

tahrir

CommScope 1953-yilda Shimoliy Karolina shtatining Hikori shahrida tashkil etilgan[4]. 1961-yilda Superior Comm/Scope nomli boʻlinma yaratilgan. U CATV (Community Antenna Television) tizimlarini ishlab chiqish va „CommScope“ nomli koaksiyal kabel mahsulotini sotishga qaratilgan. Mahsulot litsenziyasi 1967-yilda Superior Continental Telefon kompaniyasi tomonidan sotib olingan[4]. 1975-yilda Frank Drendel jamoasi bilan birga „CommScope“ mahsulotini sotish vazifasini oldi. 1976-yil avgust oyida Drendel va Jearld Leonhardt CommScope mahsulot liniyasini sotib olish uchun 5,1 million dollar yigʻib, mustaqil kompaniya sifatida „CommScope“ kompaniyasiga asos soldi[5] . 1978-yilda CommScope Valtech bilan birlashdi va u Valtech nomi ostida ishladi. Ushbu birlashish tarmoq infratuzilmasi sohasida ikkala kompaniyaning tajribasi va resurslarini birlashtirdi. Koʻp yillar davomida CommScope tarmoq infratuzilmasi bozorida oʻz faoliyatini kengaytirishda davom etdi. Kompaniya mahsulot portfelini va global miqyosdagi oʻrnini oshirish uchun turli xil strategiyalar va hamkorliklarni amalga oshirdi. CommScope 2013-yilda Nasdaq fond birjasiga qoʻshildi va jismoniy shaxslar va institutsional investorlarga kompaniya aksiyalarini sotib olish imkoni paydo boʻldi.

Manbalar

tahrir
  1. „CommScope Holding“. Fortune. 2019-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
  2. „CommScope Management Team“. CommScope Holding Company, Inc.. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  3. „CommScope 2022 Annual Report (Form 10-K)“. SEC.gov. U.S. Securities and Exchange Commission (2023-yil 23-fevral).
  4. 4,0 4,1 „CommScope, Inc.“. Encyclopedia.com. Qaraldi: 2020-yil 20-noyabr.
  5. CommScope (August 3, 2016), CommScope History Video, qaraldi: June 19, 2017