Concord (talaffuzi: Konkord) — AQShning New Hempshire shtatining poytaxti va Merrimak okrugining markazidir. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi soni 43 976 kishini tashkil etadi[1].

Concord
Shahar
Skyline of Concord
43°12′24″N 71°32′17″W / 43.20667°N 71.53806°W / 43.20667; -71.53806
Mamlakat AQSh
Asos solingan 1659-yil
Maydon 67.19 km2 (25.94 kv mi)
Aholisi
 (2020)
43 976
Zichligi 687.52 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC-5
Concord xaritada
Concord
Concord

Geografiyasi

tahrir

Concord New Hampshirning janubiy markazida joylashgan[2]. Shahar 38 milya (61 km) Massachusets chegarasidan shimolda, 40 milya (64 km) Meyn chegarasidan gʻarbda, 54 milya (87 km) Vermont chegarasidan sharqda va 170 milya (270 km) Kanada chegarasidan janubda joylashgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, shaharning umumiy maydoni 67.2 kvadrat milya (174.0 km2) tashkil qiladi, shundan 64.0 kvadrat milya (165.7 km2) quruqlik va 3.2 kvadrat milya (8.4 km2) suv boʻlib, shaharning 4,81% ni tashkil qiladi[3].

Demografiyasi

tahrir

2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 43 976 kishi istiqomat qiladi. Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 687,7 nafar kishi toʻgʻri keladi. 2020-yilda shaharning irqiy tarkibi 84,5% oq tanli, 4,9% qora yoki afro-amerikalik, 1% tubjoy amerikaliklar, 4,9% osiyoliklar, 0,1% Tinch okeani orollari, 0,4% boshqa irqlardan va 1,8% ikki yoki undan ortiq irqdan edi. Aholining 4,9 foizi ispan yoki lotin millatiga mansubdir.

2010-yilda 17 592 ta xonadon mavjud boʻlib, ulardan 28,7 foizida 18 yoshgacha boʻlgan bolalari bor, 41,3 foizida birga yashaydigan er-xotinlar, 11,6 foizida turmush oʻrtogʻi boʻlmaganlar, 42,9 foizida oilasizlar edi. Barcha uy xoʻjaliklarining 33,6 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 12 foizi esa 65 yoshga toʻlgan yolgʻiz yashovchilar bor.

Shahar aholisi yosh taqsimotiga koʻra 20,7% 18 yoshgacha, 9,3% 18 yoshdan 24 yoshgacha, 28% 25 yoshdan 44 yoshgacha, 28,2% 45 yoshdan 64 yoshgacha, 13,8% 65 yosh yoki undan katta yoshdan iborat. Aholining oʻrtacha yoshi 39,4 yosh edi. Har 100 ayolga 98,5 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 96,9 erkak toʻgʻri keladi[4].

2009—2011-yillar mobaynida shahardagi uy xoʻjaliklarining oʻrtacha yillik daromadi 52 695 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 73 457 dollarni tashkil etdi. Toʻliq vaqtli erkak ishchilarning oʻrtacha daromadi 49 228 dollarni, ayollarniki esa 38 782 dollarni tashkil qildi. Shaharning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 29 296 dollarni tashkil etdi. Oilalarning qariyb 5,5 foizi va aholining 10,1 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan, shu jumladan 18 yoshgacha boʻlganlar 8,4 foizi va 65 yoshdan oshganlarning 5,5 foizi qashshoq hisoblanadi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Concord city, Merrimack County, New Hampshire: 2020 DEC Redistricting Data (PL 94-171)“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  2. „Topo Map: Concord, New Hampshire, United States 01 July 1985“. The National Map. U.S. Geological Survey. 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-iyun.
  3. „2021 U.S. Gazetteer Files – New Hampshire“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  4. „Profile of General Population and Housing Characteristics: 2010 Demographic Profile Data (DP-1): Concord city, New Hampshire“. U.S. Census Bureau, American Factfinder. 2020-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  5. „Selected Economic Characteristics: 2009-2011 American Community Survey 3-Year Estimates (DP03): Concord city, New Hampshire“. U.S. Census Bureau, American Factfinder. 2020-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.