Counter-Strike Online 2
Counter-Strike Online 2 (CSO2) – Valve litsenziyasi bilan Nexon korporatsiyasi tomonidan 2013-yilda chiqarilgan birinchi shaxs otishma videooʻyini. Oʻyin 2008-yilgi Counter-Strike Onlineʼning sikveli boʻlib, u ham Osiyo bozoriga moʻljallangan. Oʻtmishdoshidan farqli oʻlaroq, CSO2 kengroq imkoniyatlar va yaxshiroq grafikaga ega Source yuritkichi negizida yaratilgan. Oʻyin tekin boʻlsa-da, ichidagi baʼzi qurollar, qoplamalar va buyumlarni mikrotoʻlov modeli orqali haqiqiy pul evaziga sotib olish mumkin. Oʻyin faqat onlayn boʻlib, oʻynash uchun oʻsha mintaqaning bosh serveriga ulanish talab qilinar edi. Har bir mintaqaning nashir etuvchisi oʻz hududidagi serverlarni boshqargan.
Counter-Strike Online 2 | |
---|---|
Fayl:Counter-Strike Online 2 poster.jpg „Counter-Strike Online 2“ muqovasi | |
Ishlab chiqaruvchi |
Nexon Corporation Valve |
Nashir etuvchi |
Nexon beanfun! Century Tiancheng Nexon |
Chiqarilgan sana |
2008-yil 24-iyul 2015-yil 22-aprel 2016-yil 18-fevral 2017-yil 12-iyul |
Oʻyin seriyasi | Counter-Strike |
Janr | Birinchi shaxsdan taktik otishma |
Platformalar | Microsoft Windows |
Yuritkich | Source |
Oʻyin rejimlari | Koʻp oʻyinchili |
Boshqaruv | klaviatura va sichqoncha |
Oldingi soni | Counter-Strike Online |
Ishlab chiqarilishi
tahrirKoreya Respublikasi
tahrir- 2012, 5-aprel: Nexon Korea rasman Counter-Strike Online 2 ustida ish boshlaganini eʼlon qildi[1].
- 2012, 15-iyul: Seulning Cheongdam-dong kichik rayonida boʻlib oʻtgan MCUBEʼda 120 odam tashrifi bilan oʻyinning namoyishi boʻldi[2].
- 2012, 2–5-avgust: 3000 ta odam tanlab olinib, birinchi yopiq beta sinov oʻtkazildi[3].
- 2012, 8–11-noyabr: Oʻyin Busanda boʻlib oʻtgan G-Star 2012 da koʻrinish berdi[4].
- 2012, 16–18-noyabr: 22222 ta odam tanlab olinib, ikkinchi yopiq beta sinov oʻtkazildi[5].
- 2013, 23-mart: Baʼzi kompyuter klublarida birinchi FGT sinov oʻtkazildi[6].
- 2013, 25-may: Baʼzi kompyuter klublarida ikkinchi FGT sinov oʻtkazildi.
- 2013, 13–14-iyul: Baʼzi kompyuter klublarida yakuniy ShK sinovi oʻtkazildi[7].
- 2013, 7-avgust: Yangi obunachilarning soniga kunlik cheklov bilan teskari sanoq beta xizmati ishga tushirildi[8].
- 2013, 28-noyabr: „Bid open“ sarlavhasi ostida ochiq xizmat boshlandi.
- 2018, 22-fevral: Oʻyinchilarga xizmat koʻrsatish tugatilishi toʻgʻrisida eslatma eʼlon qilindi.
- 2018, 26-aprel: Xizmat koʻrsatish tugatildi.
Xitoy Xalq Respublikasi
tahrir- 2013, iyun: Century Tiancheng bilan Nexon Korea kelishuv imzolashadi.
- 2013, 30-sentyabr–2018, 8-may: Yopiq beta sinov oʻtkazilib, 2015-yil aprelda rasman xizmat koʻrsatish boshlanadi, 2018-yil 8-mayda esa tugatiladi.
Hong Kong va Tayvan
tahrir- 2013, iyul: Gamania bilan Nexon Korea kelishuv imzolashadi.
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.zdnet.co.kr/news/news_view.asp?artice_id=20120405110901&type=det
- ↑ http://ruliweb.daum.net/news/view/44042.daum
- ↑ http://www.acrofan.com/ko-kr/life/news/20120716/00000065
- ↑ http://www.gamechosun.co.kr/article/view.php?no=94782
- ↑ http://csonline2.nexon.com/news/notice/view.aspx?NoticeArticleSN=91123
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ http://csonline2.nexon.com/news/notice/view.aspx?NoticeArticleSN=96097
- ↑ http://csonline2.nexon.com/news/notice/view.aspx?n4pageno=5¬icearticlesn=96747