Crandall universiteti
Crandall Universiteti — Baptist xristian, liberal sanʼat universiteti bo'lib, Kanadaning Nyu-Brunsvik shtati, Monkton shahrida joylashgan.
Shiori | Cristus Praeeminens(Iso har doim birinchi) |
---|---|
Turi | xususiy, baptist |
Asos solingan sanasi | 1949 |
Prezidenti | Bruce G. Fawcett |
Fakultetlar | 27ta kunduzgi, 3ta sessiya, 2ta yordamchi va 27ta yarim kunlik |
Talabalari | 1,104[1] |
Manzili | |
Kampusi | Urban |
Veb-sayti | crandallu.ca |
Fayl:Crandall University logo.png |
Tarixi
tahrirUniversitet 1949-yilda Birlashgan Baptistlar Injil Oʻqitish Maktabi(UBBTS) nomi ostida tashkil etilgan va Kanada Atlantika Baptistlari tomonidan ham oʻrta maktab, ham Bibliya oʻqitish maktabi boʻlib xizmat qilgan[2]. Yigirma yil davomida maktab asta-sekin oʻrta maktabdan maxsus dasturlarga oʻtdi. 1968-yilda UBBTS, Injil va kichik xristian liberal sanʼat kollejiga aylandi va 1970-yilda nomi Atlantika Baptistlar kolleji (ABC) ga oʻzgartirildi[3]. Maktabning professor-oʻqituvchilarini kengaytirish va taʼlim darajasini oshirish boʻyicha doimiy kompaniya 1983-yilda toʻliq sanʼat bakalavriatini berish imkoniyatiga ega boʻldi[4]. Bu vaqtda kampus Monktonning markaziy biznes tumanidan gʻarbda, Solsberi yoʻlida joylashgan edi.
Universitet 1996-yilda Jorj Roadda qurilgan yangi kampusga koʻchib oʻtdi. Nomi Atlantika Baptistlar Universiteti (ABU) ga oʻzgartirildi, bu talabalarni roʻyxatga olish va akademik akkreditatsiyaning kengayishini aks ettirdi. 2003-yilda ABU sport jamoalari „Moviy to'lqin“ nomini oldi. Universitet Monktondagi birinchi va hozirgacha yagona ingliz tilidagi universitet. 2008-yilda Nyu-Brunsvik qonunchilik assambleyasi tomonidan „Atlantika baptist universiteti toʻgʻrisidagi qonun“ qabul qilingan[5].
2009-yil 21-avgustda universitet kashfiyotchisi, sobiq vazir boʻlgan Jozef Krandall sharafiga oʻz nomini „Crandall universiteti“ga oʻzgartirgani eʼlon qildi[6].
Universitet nomi oʻzgarishi bilan birga, Crandall Athletics „The Crandall Chargers“ sifatida qayta nomlandi.
Ziddiyatlar
tahrir2012-yilda Crandall universiteti o'z mazhabi an'analariga mos kelmaydigan, ya'ni nikohsiz LGBTQ odamlarini yollashni taqiqlagan oyatlarga asoslangan yollash siyosatiga ega bo'lgani, mahalliy fonddan mablag' olgani uchun jamoatchilik noroziligi ostida qoldi. Bu matbuot tomonidan geylarni yollashga qarshi siyosat sifatida tavsiflangan[7][8].
O'sha yili Crandall Talabalar Uyushmasi universitet ma'muriyati bilan siyosat bo'yicha ochiqchasiga kelishdi, o'sha paytdagi talabalar bo'limi boshlig'i Kanada radioeshittirish korporatsiyasiga: "Xristian dinida boshqalar uchun hukm chiqarmang deyilgan va Xristianlik sevgi bilan bog'liq dindir. Shuning uchun, bu siyosat aniq ko'rsatmalarga amal qilmaydi[9].
2013-yilda, mojaro boshlanganidan bir yil o'tib, universitet har yili oladigan 150 000 AQSh dollari miqdoridagi davlat mablag'iga ariza bermaslikka qaror qildi[10]. Universitet rektori uzr so'rab: „Biz Crandall universiteti o'tgan vaqt mobaynidagi biror bir shaxs yoki guruhlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida qilingan har qanday voqea-hodisa uchun uzr so'raymiz“ deb aytgan edi[11].
Taʼlim muassasasi
tahrirCrandall Universiteti Kanada Universitetlari va kollejlari registratorlari assotsiatsiyasining (ARUCC) aʼzosi; ARUCC mintaqaviy assotsiatsiyasining toʻliq aʼzosi, Atlantika Roʻyxatga oluvchilar va Qabul qiluvchilar Assotsiatsiyasi (AARAO); Christian Higher Education Canada (CHEC) faol aʼzosi; va Nyu-Brunsvik xususiy kollejlar va universitetlar uyushmasining faol aʼzosidir[12].
Biroq, Crandall oʻqituvchilari Kanada Universitet Oʻqituvchilari Assotsiatsiyasiga (CAUT) aʼzo emaslar. CAUT oʻz hisobotida „Universitet akademik erkinlik toʻgʻrisidagi bayonotga ega boʻlsa-da, bu CAUT va gʻarbiy mintaqadagi koʻpchilik universitetlarning bayonotiga sezilarli darajada mos kelmaydi va uning cheklovlari doirasida bepul soʻrovlar hali ham borligiga ishonch hosil qiladi“ deb yozgan edi. Shuning uchun ular Crandall universitetini „maʼlum bir mafkura yoki eʼtiqod bayonotiga sodiqlik talabini ishga joylashish sharti sifatida qoʻygan“ muassasalar roʻyxatiga qoʻyishni tavsiya qilishgan[13]. Universitet Atlantika Kanada Baptistlari, (Kanada Baptistlar Vazirliklari) bilan shartnomalar tuzgan[14]. Hamda universitet Xristian kollejlari va universitetlari kengashi aʼzosidir.
Kutubxonasi va arxivi
tahrirCrandall universitetida Baptistlar merosiy markazi joylashgan boʻlib, u yerda meros markazining 300 ta artefaktlarini, Atlantika baptistlarining moddiy tarixini, Atlantika baptist cherkovlari konventsiyasini va undan oldingi tashkilotlarning hujjatlarini saqlaydi. Arxivldagi buyumlar: mebellar, musiqa asboblari, cherkov qurilishi arxitekturasi rasmlari va bosma materiallarni ham oʻz ichiga oladi[15].
Yengil atletika
tahrirCrandall universiteti Atlantic Collegiate Athletic Association (ACAA) da 8 ta universitet jamoasi bilan qatnashgan. Chargers jamoasi erkaklar va ayollar futboli, basketbol, voleybol va kroschilardan iborat guruhlarni ichiga oladi. Shuningdek, Chargers xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan boks klubi dasturini taklif qilgan[16].
Chargers toʻrtta ACCA mukofotlarini qoʻlga kiritgan: 2003–04-yilda ayollar futboli, 2021–22-yillarda erkaklar oʻrtasidagi kros, 2022–23-yillarda erkaklar va ayollar kroslari.
Taniqli talabalar
tahrir- David Alward – sobiq Nyu-Brunsvik premerasi[17]
- Ken LeBlanc – tadbirkor
- Ralf Richardson – universitetning birinchi kansleri
- Keti Rojers – siyosatchi
Manbalar
tahrir- ↑ „Crandall University Enrollment Surpasses 1,000 Students“.
- ↑ Randall Herbert Balmer, Encyclopedia of Evangelicalism: Revised and expanded edition, Baylor University Press, USA, 2004, p. 42
- ↑ Randall Herbert Balmer, Encyclopedia of Evangelicalism: Revised and expanded edition, Baylor University Press, USA, 2004, p. 42
- ↑ „History“. Crandall University. Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
- ↑ „Atlantic Baptist University Act, 2008“. Government of New Brunswick. Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
- ↑ „Atlantic Baptist University changes name“. CBC News (2009-yil 21-avgust). Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
- ↑ „New Brunswick university under fire for anti-gay hiring policy“. Toronto Star. The Toronto Star (2012-yil 1-iyun). Qaraldi: 2015-yil 7-fevral.
- ↑ „Crandall University defends anti-gay hiring policy“. Canadian Broadcasting Corporation (2012-yil 31-may). Qaraldi: 2015-yil 7-fevral.
- ↑ „Some Crandall students against anti-gay hiring policy“. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ Crandall University drops request for city funding, Canadian Broadcasting Corporation, February 5, 2013, qaraldi: April 6, 2013
- ↑ „N.B. university apologizes to gay community for hiring policy“. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ „Recognition and Affiliations“. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ „Report of an Inquiry Regarding Academic Freedom At Crandall University“. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
- ↑ Crandall University, Recognition & Affiliations, crandallu.ca, Canada, retrieved September 19, 2022
- ↑ „Crandall University“. completeuniversityinfo.com. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
- ↑ „Varsity Sports“.
- ↑ „David Alward | The Canadian Encyclopedia“. www.thecanadianencyclopedia.ca. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.