Krikkiyet qal’asi (inglizcha: Criccieth Castle, vall. Castell Cricieth) — Gvineddagi (Shimoliy Uels) Krikkiyet shahridagi ikkita plyaj oʻrtasidagi burunda joylashgan Uels qal’asi. U Buyuk Gvinedd qiroli Llyvelin tomonidan barpo qilingan. Ammo XIII asr oxirida Angliya qiroli Eduard I qoʻshinlari tomonidan egallangach, sezilarli darajada qayta qurilgan.

Qal’a I darajali meʼmoriy yodgorlik boʻlib, Cadw tomonidan boshqariladi. Unda Uels qal’alari va ularning tarixiga oid eksponatlar, shuningdek, XII asr anglo-norman yilnomachisi Girald of Cumbria haqidagi maʼlumotlar ham mavjud.

Tarixi

tahrir

Krikkiyetdagi tosh qal’adan oldin boshqa joyda motte va Beyli namunasidagi qal’a bor edi. 1283-yilda qal’a qirol Edvard I davrida inglizlar tomonidan bosib olingan va keyinchalik Jeyms St Jorj tomonidan qayta qurilgan.

1294-yilda Llywelyn ap Gruffyddning uzoq qarindoshi Madog ap Llyvelin inglizlarga qarshi isyon koʻtaradi. Uels bir nechta ingliz shaharlarini yoqib yuboradi. Krikkiyet esa (Xarlex va Aberistvit qal’alari kabi) butun qish davomida qamalda edi. Qal’aning aholisi bahorgacha, zaxiralar toʻldirilgunga qadar chidashga muvaffaq boʻlgan.

 
18-asr qal’asi tasviri

XIV asrda qasrda Xauell Hatchet nomi bilan tanilgan Xivel ap Gruffydd ismli mashhur uelslik konstebl yashagan. U 1356-yilda Poitiers jangida Edvard III tarafida kurashgan.

Owain Glyndŵr qoʻzgʻoloni paytida Uels qoʻshinlari egallab olganidan soʻng, qal’a 1404-yilgacha qamoqxona sifatida ishlatilgan. Keyin uelsliklar devorlarni buzib, qal’aga oʻt qoʻygan. Ayrim toshlarda olov izlari hamon ko‘rinib turadi.

Romantik peyzaj rassomi Uilyam Tyorner oʻzining kema halokatiga uchragan dengizchilarni tasvirlaydigan mashhur rasmlar seriyasida Krikkiyet qal’asini ham aks ettirgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir