David Wark Griffith (talaffuzi: Devid Uork Griffit; 1875.22.1, La Greynj — 1948.23.7, Hollywood) — amerikalik kinorejissyor. AQSH kinosida aktyorlik maktabiga asos solgan. Kinoda 1907-yildan ishlagan. 1913-yildan Hollywoodda ijod qilgan. Muqim va tushunish oson boʻlgan usul sifatida parallel montaj va yirik planni birinchi boʻlib qoʻllagan, kinoni suratga olish texnikasini qayta qurgan. Griffithning gʻoyaviy jihatdan bir-biriga qaramaqarshi ijodi namoyon boʻlgan: „Millatning tugʻilishi“da irqchilik tendensiyasi ilgari surilgan boʻlsa, „Jahon yuragi“ filmida esa oq va qora tanlilar birligi olqishlanadi. „Chidamsizlik“ kinosida axloq-odob va etik muammolar koʻtariladi. Shuningdek, „Sindirilgan novdalar“, „Sharq tomon yoʻl“, „Ikki yetimcha“ filmlari ham Griffith ijodida alohida oʻrin tutadi. 1931-yil kinoni tark etgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil