Dagʻal junli echkilar - mayin junli angor echkisidan boshqa barcha echkilar. Bularning juni tivit aralash, dagʻal va uzun boʻladi. Echkilarining vazni 45–46 kg, takalarniki 60–70 kg, 100 bosh echkidan 130—140 uloq olish, yaxshi parvarishlash bilan yiliga ikki marta bolalatish mumkin. Tuqqan echkini 5—6 oy sogʻib, 125– 250 kg sut olinadi. Sutining yogʻliligi 3,5—3,9%. D.j.e. qora, koʻk, malla, burul va ola boʻladi. Mahalliy sharoitga juda chidamli, togʻ va choʻl sharoitiga moslashgan, Oʻzbekistonning deyarli hamma tumanlarida urchitiladi. Juni dagʻal boʻlgani uchun tivitigina tarab olinadi. Oʻzbekistonning jaydari echkilaridan yiliga 70—300 g, Pop, Nurota va Chust rayonlaridagi qora echkilardan 400—570 g. ayrimlaridan 800—1200 g tivit olinadi. Echki tivitining yoʻgʻonligi 10—19 mk, undan qimmatbaho trikotaj, Kashmir va Orenburg roʻmollari toʻqiladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil