Dahana — 1) daraning ogʻzi; 2) daryoning etagi; 3) koʻchaning kiraverish joyi; 4) boʻgʻoz; 5) ariq yoki kanal boshlangan joy, yaʼni toʻgʻon boshi, quloq; biron katta arikdan keladigan suvni taqsimlash uchun ariqning koʻndalangiga toʻsin (kunda) tashlanar, shu toʻsinning bir necha joyi kertib qoʻyilar edi. Ana shu kertik D. deyilgan. Har bir kertikdan chiqqan suv bir ariqdan oqqan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil