Dahanasoy (yuqori oqimida Shogan, Arikli, Bosmandisoy, oʻrta oqimida Yangiariq, Mozorsoy, Shirinsoy) — Tojikiston Respublikasi Oʻratepa tumanidagi soy, Sirdaryonsng chap irmogʻi. Turkiston tizma togʻining shim. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Uzunligi 108 km, havzasining mayd. 780 km2. D. qor, yomgʻir, koʻproq buloq va qisman kichik muzliklar suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1,82 m3/sek, quyi oqimida 1,22 m3/sek. Oqimi yil davomida oylar boʻyicha kam oʻzgaradi. Toʻlinsuv davri may-iyunda kuzatiladi. D. suvi asosan sugʻorishga sarflanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil