Dahyakota — Namangan viloyatida joylashgan qishloq. Dahyakota toponimi dahyak („oʻndan bir“) — daromadning o‘ndan biri qismi hisobida toʻlanadigan soliq nomidan olingan. Shuningdek, baʼzi bir madrasa talabalari va mudarrislariga har yili toʻlangan nafaqa ham dahyak deb nomlangan. Dahyakota esa xon xazinasidan dahyak (nafaqa) olib turgan mashhur shayh yoki diniy ulamo hisoblangan. Shuningdek, Dahiyak — o‘n bir ota degani boʻlib, o‘z navbatida Dahyaota — tirik-g‘oyib, aslida barhayot bo‘lgan kishi demakdir.

Rivoyatlarga qaraganda, Dahyaota 11 ogʻa-inilarnining eng kenjasi boʻlgan. Dahyaotadan katta ogʻalari Ovchi buva (O‘nhayatda), Buva ota va Podsho ota buvalar (Qirgʻizistonning Aqsu tumanida), Ko‘k to‘nli buva, Mashhad buva (O‘nhayatda) va boshqalar boʻlgan. Norin daryosi Ovchi buva degan manzilga yaqin joydan oqqan. Og‘a-inilar nomozni Ovchi buva huzurida o‘qishgan. Bir kuni toshqin tufayli Dahyaota namozga kechikib boradi. Jamoat duo qilishib, Allohdan daryoni sal naridan oqishini so‘raganlar. Daryo nariroqdan oqa boshlaydi va „Norin“ nomini oladi. Shuning uchun ham, Dahyaotada toshqin boʻlmaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 102-bet. 

.