Daloil ul-xayrot
"DALOIL UL-XAYROT" ("Yaxshi amallarga hujjat") — daloilxonada oʻqilgan asosiy kitob. 15-asr da musulmon aqoidshunosi Muhammad ibn Jazuliy (?—1466) arab tilida yozgan. Muhammad (sav)ga atab oʻqiladigan salavot va madhiyalardan iborat. 7 qismga boʻlingan boʻlib, har bir qism haftaning maʼlum kunida oʻqishga moʻljallangan. Kitobda musulmonlarga tavsiya etilgan kundalik salavot aytish uslublari koʻrsatib berilgani uchun dindorlar undan muntazam foydalanadilar. Uning sharhlari va turkiy tilga qilingan tarjimalari ham mavjud.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |