Damirbek Olimov (Olimov Damirbek Boturjonovich; 1989-yil 20-mart Tojikiston, Sugʻd viloyati, Gʻonchi tumani – 2022-yil 5 fevral Tojikiston, Sugʻd viloyati, Gʻafurov tumani) – retro yoʻnalishida kuylab ijod qiladigan Tojikistondagi eng mashhur sanʼatkorlardan biri hisoblanadi. Tojikiston madaniyati aʼlochisi.

Biografiya

tahrir

Damirbek Olimov Boturjonovich 1989-yil 20-mart kuni Gʻonchi tumanida xonanda Boturjon Olimov oilasida tugʻilgan. 1995-2004-yillarda oʻrta maktabni tugatgach, Xoʻjand shahridagi Sodirxon Hofiz nomidagi sanʼat institutida tahsil oldi. U qoʻshiqchilik faoliyatini 2009-yilda boshlagan. Joʻrabek Murodov rahbarligidagi „Nuri Xoʻjand“ shashmaqom ansamblida, bir vaqtning oʻzida „Sugʻd ovozi“ ansamblida ham ishlagan.

Damirbek Olimov oilali, 2 oʻgʻil va 1 qizning otasi edi.

Damirbekning mashhurligi 2011-yilda „Chakomai gesu“da „Zulfoni mayda dori“ qoʻshigʻini kuylashdan boshlangan. Keyinchalik Nigina Amonqulova bilan birgalikda kuylangan „Jon bachai xola“ dueti nafaqat Tojikistonda, balki Oʻzbekistonning Samarqand hamda Buxorolik muxlislar tomonidan sevib eshitilgan. Shuningdek, „Mavrigi“ qoʻshigʻi ham ancha mashhurlikka erishilgan. Ushbu duetni Yulduz Turdiyeva va Bahrom Nazarov Sevimli telekanalida ijro qilishgan. Keyinroq „Dunyo“ qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlgan.[1][2]

Damirbek Olimov 2022-yil 5-fevral kuni 2 hamksablari bilan toʻy marosimidan qaytayotgan vaqtida, soat taxminan 01:40 da Sugʻd viloyatining Gʻafurov tumani, Somgʻor-Xoʻjand yoʻlida „Bogʻi Millii Vahdat“ milliy bogʻi hududidan oʻtib, boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan. Mashina agʻdarilib ketganidan soʻng, voqea joyida vafot etgan[3].[4] Qattiq jarohat olgan ikki hamkasbi yaqin atrofdagi tuman kasalxonaisga yotqizilgan. Uning jasadi shu kunning ikkinchi yarmida Devashtich tumanidagi Abu Bakr Siddiq maqbarasiga dafn etilgan.[5]

Manbalar

tahrir