Danielle Bisutti
Danielle Nicole Bisutti (talaffuzi: Daniyelli Nikol Bisutti; 1976-yil 1-oktyabrda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Nickelodeonda efirga uzatilgan teleserial — True Jackson, VPdagi Amanda Cantwel roli, 2018-yilgi God of War videooʻyinidagi Skandinaviya maʼbudasi Freya va uning 2022-yildagi davomi hisoblangan God of War Ragnarök dagi rollari bilan omma nazariga tushgan ekran va dublyaj aktrisadir[2].
Danielle Bisutti | |
---|---|
Tavalludi |
Danielle Nicole Bisutti 1-oktyabr 1976-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa, Qoʻshiqlar muallifi, Yozuvchi, Produser |
Faoliyat yillari | 2000-hozirgacha |
Yoshligi
tahrirBisutti Los Angeles (Kaliforniya)da tugʻilib oʻsgan. U Diana (qizlik familyasi: Ferrare) va Richard Bisuttilarning qizidir. Uning otasi 20 yil davomida kino va televidenieda dekorator sifatida faoliyat olib borgan. Uning xolasi model Cristina Ferraredir. Bisutti italyan millatiga mansub[3].
Oʻrta maktabda u koʻngilochar biznesga boʻlgan sadoqatini amalga oshirish uchun bir nechta imkoniyatlarni oʻrganadi. U teatr, xor, raqs, notiqlik va bahs-munozaralar, shuningdek, sport faoliyati bilan shugʻullangan.
Aktyorlik faoliyati
tahrirLos Angelesda tugʻilib oʻsgan Bisutti California shtatining Fullerton universitetida tahsil olgan hamda u yerda aktyorlik va musiqali teatr boʻyicha bakalavr darajasini olgan. CSUFda qatnashayotganda u IIrene Ryan tanlovida eng yaxshi aktrisa uchun bir necha bor nomzod boʻlgan va New York shahridagi Lincoln Center teatrida ikkinchi oʻrinni egallagan. Michael Butler Bisuttini Californiadagi „Hair“ spektaklidagi Sheila rolida payqab qoladi va aktyorlarni Chicagoga Demokratik partiyaning milliy konvensiyasida qatnashish uchun olib keladi. Konvensiya „Yangi Athenaeum“ teatrida besh hafta davom etadi.
2018-yilda Bisutti God of War videooʻyinida, keyinchalik, urush maʼbudasi ekanligi maʼlum boʻlgan oʻrmon jodugari Freya uchun dublyajda ovoz beradi[4]. U oʻz ishi uchun maqtovga sazovor boʻladi va 15-Britaniya Akademiyasi mukofotlari taqdirlash marosimida[5] videooʻyindagi eng yaxshi ijro uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻladi. Lekin uning hamkasbi Jeremy Daviesga imkoniyatni boy beradi[6].
Qoʻshiqchilik faoliyati
tahrirDastlab u yozgan „Venice Underground“, „April Moon“ hamda In the Presence of kabi qoʻshiqlari mustaqil badiiy filmlarda ishlatilgan. 2003-yilgi Los Angeles musiqa mukofotlarida[7][8] u „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi/qoʻshi muallifi“ mukofotini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, ushbu marosimda uning Glimmer qoʻshigʻi "Yilning AAA albomi" nominatsiyasiga nomzod boʻladi. Shuningdek, „In Passing“ nomli taronasi „Yilning mustaqil AC singli“ uchun bir ovozdan mukofotga sazovor boʻladi. 2004-yil sentyabr oyida Bisutti Temecula vodiysi xalqaro kino va musiqa festivalida chiqish qiladi. U yerda In Passing taronasi TVIFFning "Eng yaxshi musiqa sanʼatkori kompilyatsiya diski" uchun tanlangan va Music Connection jurnali Bisuttini 2004-yilgi „Eng qaynoq sanʼatkorlar 100taligi“ tarkibiga kiritgan[9].
Filmografiyasi
tahrirFilmlarda
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2001 | Automatic | Morgan Black | |
Survivor: Los Angeles the Ultimate Parody | Taylor | Qisqa metrajli film | |
2004 | Tropix | Corrine Findlay | |
Seeing Iris | Iris Jones | Qisqa metrajli film | |
2005 | Venice Underground | Wexler’s Secretary | |
Downsizing | Beatrix Schnabel | Qisqa metrajli film | |
2007 | The Neighbor | Floria Riamondi | |
2008 | Three Minutes in Heaven | Joy | Qisqa metrajli film |
Get Smart | Airline Passenger | ||
The Caretaker | Jessica | Qisqa metrajli film | |
2009 | No Greater Love | Heather Stroud | |
2013 | Curse of Chucky | Barb Pierce | |
Back in the Day | Annette Taylor | ||
Insidious: Chapter 2 | Michelle Crane |
Televizion rollari
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2000 | Strip Mall | Epizod: „Pilot“ | |
2001 | Dharma & Greg | Joy | Epizod: „Dharma Does Dallas“ |
2003 | Miss Match | Missy | Epizod: „Miss Communication“ |
Platonically Incorrect | Waitress | TV Film | |
Andy Richter Controls the Universe | Office Lady | Epizodlar: „Final Fantasy“, „Duh Dog“ | |
Less than Perfect | Sales Lady | Epizod: „High Maintenance“ | |
Charlie Lawrence | Denise | Epizod: „If Itʼs Not One Thing Itʼs Your Mother“ | |
Charmed | The Lady of the Lake | Epizod: „Sword and the City“ | |
2004 | Boston Legal | Roberta Sloane | Epizod: „Truth Be Told“ |
2004-05 | The O.C. | Joan | (5ta epizod) |
2006 | Twenty Good Years | Courtney | Epizod: „Johnʼs Old Lady“ |
Courting Alex | Veronica | Epizod: „The Fix-Up“ | |
Two and a Half Men | Vicki | Epizod: „Corey’s Been Dead for an Hour“ | |
2007 | Shark | Francis Chambers | Epizod: „Blind Trust“ |
Cold Case | Mrs. Valentine (1953) | Epizod: „Devil Music“ | |
2007-08 | Without a Trace | Terri Long | Epizodlar: „The Beginning“, „4G“, „Deja Vu“ |
2008 | Wizards of Waverly Place | Mona Lisa | Epizod: „Art Museum Piece“ |
Raising the Bar | Emma Troutman | Epizod: „Shop Till You Drop“ | |
2008-11 | True Jackson, VP | Amanda Cantwell | 56ta epizod |
2009 | Raising the Bar | Emma Troutman | Epizodlar: „Hair Apparent“, „Trout Fishing“ |
2010 | Bones | Marlowe Becker | Epizod: „The Mastodon in the Room“ |
2011 | Hollywood Girl | Pascha Maneer | Epizodlar: „Code Red Carpet“, „Limp of Shame“ |
Body of Proof | Vicki Hemington | Epizod: „Love Thy Neighbor“ | |
Private Practice | Lynn | Epizod: „Deal with It“ | |
CSI: Miami | Gabrielle Wade | Epizod: „Dead Ringer“ | |
2011-12 | Parks and Recreation | Prof. Linda Lonegan | 2ta epizod: „Smallest Park“ „Lucky“ |
2012 | 90210 | Connie | Epizod: „No Good Deed“ |
Hot in Cleveland | Verena | Epizod: „I’m with the Band“ | |
Last Man Standing | Michelle | Epizodlar: „Odd Couple Out“, „Adrenaline“ | |
CSI: Miami | Gabrielle Wade | Epizodlar: „Rest in Pieces“, „Law & Disorder“ | |
Castle | Claire Panchard | Episode: „The Limey“ | |
Leverage | Wendy Baran | Epizod: „The Gimme a K Street Job“ | |
Criminal Minds | Debra Acklin | Epizod: „Through the Looking Glass“ | |
NCIS | SSSA Ashley Winter | Epizod: „You Better Watch Out“ | |
2013 | CSI: Crime Scene Investigation | Theresa Shea | Epizod: „Dead Air“ |
Grey's Anatomy | Liz Langer | Epizod: „Hard Bargain“ | |
Anger Management | Kristy | Epizod: „Charlie Dates a Teacher“ | |
2015 | I Didnʼt Do It | Mrs. Clegg | Maxsus mehmon roli |
NCIS: Los Angeles | Atty. Sarah Taylor | Epizod: „Blame It On Rio“ | |
2016 | Dr. Ken | Denise | Epizod: „Ken at the Concert“ |
2018 | Nanny Killer | Ms. Grey | TV Film |
2019-21 | Dwight in Shining Armor | Witch Hexela |
Videooʻyinlar
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
2018 | God of War | The Witch of the Woods / Freya | Nominatsiya — BAFTA Award for Performer |
2022 | God of War Ragnarök |
Manbalar
tahrir- ↑ „Veromi.net - People Summary“. www.veromi.net. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.
- ↑ „British Academy Games Awards - Red Carpet Arrivals“. Zimbio.com (2-fevral 2020-yil).
- ↑ „♫ Danielle Bisutti: The B-Sides - Danielle Bisutti. Listen @cdbaby“. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.
- ↑ „God of War's Danielle Bisutti Found Motivation Through Game of Thrones“. ComicBook.com (24-mart 2020-yil).
- ↑ „BAFTA Game Awards 2019 nominees announced“. Shack News (6-fevral 2020-yil).
- ↑ „God of War, Red Dead Redemption and indie titles lead 2019 Bafta nominations“. BBC (7-fevral 2020-yil).
- ↑ „Los Angeles Music Awards at MySpace.com“. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Los Angeles Music Awards History“. 20-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Danielle Bisutti - Listen and Stream Free Music, Albums, New Releases, Photos, Videos“. Myspace. Qaraldi: 7-oktabr 2018-yil.