Daniel Piter Masterson (1976-yilning 13-mart sanasida tugʻilgan)[1] – amerikalik aktyor. U ''That '70s Show''filmida Steven Haydni (1998–2006), "Men at Work" filmida Milo Fosterni (2012–2014) va ''Ranch" filmida Jeymson „Rooster“ Bennett (2016–2018) kabi rollarni ijro qilgan. 2023-yilning may oyida Masterson Saentologiya cherkovining sobiq aʼzolari boʻlgan ikki ayolni zoʻrlaganlikda ayblangan, hakamlar hay’ati tomonidan uchinchi zoʻrlash ayblovi boʻyicha hech qanday hukm tayinlanmagan. 2023-yilning 7-sentabr sanasida Masterson 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Danny Masterson

2015-yil iyun. Masterson
Tavalludi
Daniel Peter Masterson

13-mart 1976-yil (1976-03-13) (48 yosh)
Nyu-York, AQSH.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1980–2018-yillar
Turmush oʻrtogʻi
Bijou Phillips (turm. 2011)
Bolalari 1

Biografiyasi

tahrir

Masterson Nyu-Yorkdagi Long-Aylendda Carol va Piter Mastersonlar oilasida tugʻilgan. U Long-Aylenddagi Albertson, Garden Siti va Sharqiy Uilistonda kabi yerlarda oʻsgan.[2] Mastersonning Kristofer Masterson ismli akasi bor. Akasi ''Malcolm in the Middle'' filmida Fransis roʻlini jro etgan. Onasi bir ammo oʻgay boʻlgan uka-singlisi Jordan Masterson va Alanna Mastersonlar ham aktyor. Bundan tashqari, yana bir oʻgay ukasi Wil Masterson ham bor.[3]

Faoliyati

tahrir

Masterson toʻrt yoshdan boshlab, bolalar modeli boʻlib ishlagan. Besh yoshidan boshlab, jurnal maqolalarda, shuningdek, televizion reklamalarda koʻrina boshlagan. Sakkiz yoshida, musiqiy filmlarda asosiy rollarni oʻynab, aktyorlik faoliyatini ham sekin boshlagan. Mastersonning shirali ovozi oʻsmirlik yillarida „yoʻqolib ketgan“. 16 yoshida 100dan ortiq reklamalarda, jumladan, Kelloggʻs Frosted Flakes,[4] Hardeeʼs,[5] Hostess, Tang,[6] va Clearasil kabi roliklarida chiqa boshlagan.[7]

Shaxsiy hayoti

tahrir

Masterson – saentolog.[8] U 2004-yilda aktrisa Bijou Phllips bilan uchrashishni boshlagan.[9] Va nihoyat, 2009-yilda unashtirilishgan[10], ammo 2011-yilning 18-oktyabr sanasida turmush qurishgan.[11] Ularning 2014-yilning fevral oyida tugʻilgan bir nafar qiz farzandi bor.[12]

Manbalar

tahrir
  1. „Danny Masterson“. TV Guide. March 18, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: February 16, 2017.
  2. @dannymasterson. „Garden city and east williston“ (2013-yil 28-iyul). 2017-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  3. Silverman, Sam (June 19, 2020). „Meet Danny Masterson's Family, From His Famous Siblings to His Parents“. In Touch Weekly. September 24, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 24, 2021.
  4. Arunima Basu. „Here's What 'That 70s Show' Star Danny Masterson Is Doing Today“. The Things (2020-yil 31-may). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
  5. „Danny Masterson“. Complex (2024-yil 28-noyabr). 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Davis. „When Danny met Bijou“. Paper (2009-yil 23-yanvar). 2010-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Danny Masterson for Clearasil“. Sitcoms Online. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-iyul.
  8. Saroyan, Strawberry. „Masterson of the Universe“. Spin (2005-yil aprel). 2017-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  9. Davis, Peter. „When Danny met Bijou“. Paper Magazine (2009-yil 23-yanvar). 2010-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  10. Wihlborg, Ulrica. „Danny Masterson and Bijou Phillips Are Engaged!“. People (2009-yil 16-mart). 2011-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  11. Garcia, Jennifer. „Danny Masterson and Bijou Phillips Marry“. People (2011-yil 19-oktyabr). 2023-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  12. Nicole Eggenberger. „Danny Masterson, Wife Bijou Phillips Welcome Baby Girl Fianna: Photos“. Us Weekly (2014-yil 20-fevral). 2023-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.

Havolalar

tahrir