Dar Al-Faruq Islom markazi
Dar Al-Faruq Islom markazi — AQShning Minnesota shtatidagi Bloomington shahrida joylashgan masjid.
Masjid | |
Dar Al-Faruq Islom markazi
Dar Al-Farooq Islamic Center | |
Mamlakat | AQSh |
Hudud | Minnesota |
Koordinatalar | 44°51′17″N 93°15′52″W / 44.8547°N 93.2644°W |
2017-yil 5-avgust kuni Illinoys shtatidagi Clarence shahridan Emily Claire Hari (oʻsha paytda Michael Hari nomi bilan tanilgan), Michael McWhorter va Joe Morris masjid yaqinida qoʻlbola portlovchi moddani portlatib yuboradi, natijada inshootga zarar yetadi, ammo hech kim jabrlanmaydi. Bundan koʻzlangan maqsad musulmonlarni qoʻrqitib, Amerika Qoʻshma Shtatlarini tark etishga undash boʻlgan. McWhorter va Morris hujum bilan bogʻliq jinoyatlarda aybdor deb topilgan, Hari esa 2020-yilgi federal sud jarayonida bir nechta jinoyatlarda aybi borligi aniqlangan[1][2].
Tarixi
tahrirMasjid birinchi marta 2011-yilda, Dar Al-Faruq markazi ilgari Northgate boshlangʻich maktabi va Konkordiya oʻrta maktabi joylashgan binoni sotib olganidan soʻng ochilgan[3]. Hozir masjid joylashgan binodan avvallari lyuteran cherkovi ham foydalangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Mannix. „Illinois man found guilty of bombing Minnesota mosque“. Star Tribune (2020-yil 10-dekabr). 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-dekabr.
- ↑ Mannix, Andy. „Mosque bomber now identifies as a woman, says right-wing blogs fueled "inner-conflict" leading up to attack“. Star Tribune (2021-yil 23-avgust).
- ↑ Montemayor. „FBI: 'Improvised explosive device' caused blast at Bloomington Islamic center“. Star Tribune (2017-yil 6-avgust). Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
- ↑ Du. „Bloomington mosque-haters petition city to stomp down on Dar al Farooq“. City Pages (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.