Dard tillari
Dard tillari - tillar guruhi. Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonning tutash hududlarida tarqalgan. D.t. hinderon tillari tarkibiga kiradi, hind va fors tillariga nisbatan oraliq tillar hisoblanadi. Uchta kichik guruhga ajraladi. Ular orasida keng maʼlum boʻlganlari — kashmiri, shina, koʻhiston tillar guruhi (sharq, kichik guruh); kxovar, kalasha, poshshoyi, tiraxi, gavar, votipuri va b. (markaziy kichik guruh); ashkur, prasun, vaygali, kati, dameli (gʻarbiy kichik guruh, koʻpincha kofiriy deb yuritiladi). Fonetikasida konsonantlik ustun. Nafas chiqarish bilan talaffuz etiladigan (gʻarbiy kichik guruhdagi 4 til bundan mustasno), dimogʻda talaffuz etiladigan va baʼzilarida yumshoq talaffuz etiladigan undosh tovushlar mavjud. Yozuvi faqat kashmiri alifbosi asosida.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |