Darigʻa Turanqulova
Turanqulova Darigʻa Turanqulovna (qozoqcha: Дариға Тұранқұлқызы Тұранқұлова; 1948-yil 22-fevral, SSSR, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani) – sovet va qozoq aktrisasi, teatr oʻqituvchisi, professor, Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan xodim (2011).
Turanqulova Darigʻa Turanqulovna | |
---|---|
Tavalludi |
22-fevral 1948-yil |
Fuqaroligi | SSSR→ Qozogʻiston |
Kasbi | aktrisa, teatr oʻqituvchisi, professor |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirTuranqulova Darigʻa Turanqulovna 1948-yil 22-fevralda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tugʻilgan.
1966-yilda Qurmangazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasining kino aktyorligi va teatr sanʼati yoʻnalishiga oʻqishga kirgan va u yerni 1970-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1970-yildan hozirgacha T.K.Jurgenov nomidagi Qozogʻiston Milliy Badiiy Akademiyasining (KazNAI) teatr sanʼati fakulteti professori va sahna nutqi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. Turanqulova Darigʻa Turanqulovna Qozog‘iston Milliy Badiiy Akademiyasi professori hisoblanadi.
Ilmiy va adabiy asarlari
tahrirDarigʻa Turanqulova 1999-yilda „Sahna nutqi“ darsligi (qozoqcha: «Сахна тілі»), 2001-yilda „Badiiy oʻqish qobiliyati“ darsligi (qozoqcha: «Көркемсөз оқу шеберлігі»), 2003-yilda „Yashirin soʻz – bu sahna modasi“ darsligi (qozoqcha: «Сырлы сөз – сахна сәні»), 2011-yilda „Sahna nutqi“ darsligi (qozoqcha: «Сахна тілі»), 2016-yilda 4-jildli „Sahna nutqi“ (qozoqcha: «Сахна тілі») darsliklari muallifi hisoblanadi.
Mukofotlari
tahrirDarigʻa Turanqulova Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-dekabrdagi farmoni bilan qozoq teatr sanʼati pedagogikasidagi ulkan xizmatlari uchun „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni berilgan[1][2]. Shuningdek, 2006-yil „Buyuk mehnati uchun“ medali[3], 2008-yil „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni, 2000-yil „Qozogʻiston Respublikasi taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, 1990-yil „Mehnat faxriysi“ medali, 2016-yil „Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ medali, Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi farmoni bilan qozoq teatr sanʼati pedagogikasi va ijtimoiy faoliyatidagi fidokorona mehnati uchun „Kurmet“ ordeni bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Вручены государственные награды 2011 года“. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Накануне 20-летия Независимости страны Глава государства Нурсултан Назарбаев вручил в Акорде государственные награды Республики Казахстан“. 2020-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Награды Родины - достойным! 18 декабря 2006 года“. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Указ Президента Республики Казахстан от 5 декабря 2018 года №798 О награждении государственными наградами Республики Казахстан“. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.