Darling in the Franxx (yaponcha: ダーリン・イン・ザ・フランキス; tarjimasi „Franxxdagi azizim“) 2018-yilning 13-yanvaridan 7-iyuliga qadar Yaponiyaning turli telekanallarida namoyish etilgan anime-teleserialdir. Serial „CloverWorks“ studiyasi tomonidan 2017-yil iyul oyida „Anime Expo“ stendida eʼlon qilingan. „Trigger“ bilan hamkorlikda „A-1 Pictures“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Darling in the Franxx
Turi anime
Rejissyor Atsushi Nishigori
Ssenariynavis(lar)
  • Atsushi Nishigori
  • Naotaka Hayashi
Bastakor(lar) Asami Tachibana
Qismlar soni 24
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar)
  • Yōsuke Toba
  • Mikio Uetsuki
  • Eiichi Kamagata
Studiya(lar) A-1 Pictures[1][2]
Efirga uzatilishi
Telekanal Tokyo MX, GYT, GTV, BS11, ABC, Mētele, HOME, BSS, BBC, AT-X[3]
Translyatsiya davri 13-yanvar, 2018-yil — 7-iyul, 2018-yil

Mazmuni

tahrir

Serial syujeti yaqin kelajakda sodir boʻladigan hodisalarga asoslangan. 21-asrning boshlarida maʼlum bir „APE“ tashkiloti Yerning magmatik energiyasidan foydalanishning inqilobiy texnologiyasini joriy qiladi. Bu „APE“ga xalqaro iqtisodiyot va siyosatga katta taʼsir koʻrsatadi va insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishini tezlashtiradi. Biroq, magmaning intensiv qazib olinishi tufayli tezlik bilan yer sayyorasining choʻllanishi boshlanadi, bu esa insoniyatni „plantatsiyalar“ ixtirosiga olib keladi, yaʼni oʻz ekotizimlariga ega boʻlgan yopiq mobil platformalar — ularga butun aholi koʻchiriladi.

2037-yilda magma platformalari yaqinida odamlarga hujum qilayotgan sirli ulkan biomexanik revozavrlarning (yap: 叫竜 Kyoryu, qichqiruvchi ajdarlar) hayot shakllari, qayd etila boshlaydi. Oʻldirilgan revozavrlar asosida maxluqlardan himoyalanish sifatida olim Verner Franx oʻz sharafiga nomlangan Franx robotlarini yaratadi. Bungacha Franx magmatik energiyaga asoslangan boqiylikning genetik texnologiyasini joriy qiladi va keng tatbiq etadi, bu kashfiyotga odamlarda reproduktiv funksiyalarni toʻliq yoʻqotish orqali erishiladi. Biroq, yangi turdagi robotlar ustida oʻtkazilgan tajribalar natijasida apparat samarali boshqarilishi uchun jinsiy jihatdan yetuk boʻlgan ikki erkak va ayol shaxslar — „stamens“ va „pistils“ ning birgalikdagi harakatlari bilan erishilishi aniqlanadi. Franx boshchiligida genetik jihatdan oʻzgartirilgan „parazitlar“ deb nomlanuvchi uchuvchi bolalarni yetishtirishni boshlaydilar. Magmatik energiyadan foydalanishdan oldin tabiati ayni yernikiga oʻxhshash, plantatsiyalarda izolyatsiya qilingan zonalar — „Uyalar“ quriladi.

Serialning bosh qahramoni — Kod 016, „parazit“ darajasi uchun olingan malaka testlaridan oʻta olmagan va natijada Franx robotini boshqara olmasligi tufayli ruhiy tushkunlikka tushib qolgan, ammo, ilgari vunderkind hisoblangan va oʻzi uchun Hiro ismini oʻylab topgan bolakay. Bolalarga tantanali marosimida uchuvchi maqomi berilayotganda ular yashaydigan koloniyaga revozavr hujum qiladi va Hiro sheriklarini shafqatsizlarcha oʻldirgani uchun taniqli boʻlgan „APE“ elita otryadining uchuvchi qizi Kod 002 bilan Franxni boshqarishga rozi boʻladi.

Serial davom etar ekan, Hiro Kod 002 ning boshqa hamkorlari orasida u bilan bitta robotda uchdan ortiq parvozdan omon qolishga muvaffaq boʻlgan yagona odam boʻlib, ular oʻrtasida ishqiy munosabatlar shakllana boshlaydi. Keyinchalik, Kod 002 genetik jihatdan oʻzgartirilgan revozavrning aʼzosi ekanligi maʼlum boʻladi va asta-sekin Hironi oʻz turining aʼzosiga aylantirishni boshlaydi. Hiro va Kod 002 bolaligidanoq bir-birlarini tanishgan boʻladi, ammo ularning xotirasi qoʻriqchilar tomonidan ataylab oʻchirilgan boʻladi. Hiro guruhi revozavrlarga qarshi katta yutuqlarga erishadi va ilgari Kod 002 ning genetik materialiga aylangan qirolicha qal’asiga yakuniy hujumga tayyorlanishadi. Hal qiluvchi jang paytida revozavrlar Yer aholisini yoʻq qilmoqchi boʻlgan oʻzga sayyoraliklar tomonidan hujumga uchraydi. „Parazitlar“ vaziyatni aniqlab, revozavrlarga yordam berishadi va „APE“ hokimiyatini rad etadilar, shundan soʻng ular magmatik energiyadan butunlay voz kechgan yangi insoniyatni yaratadilar. Hiro va Kod 002 esa revozavr mashinasida koinotga uchishadi va oʻz hayotlari evaziga oʻzga sayyoraliklarning yashash joyini yoʻq qilishadi.

Personajlar

tahrir

Hiro / Kod 016[4] — „Strelitsiya“ nomli Franxni boshqaruvchi erkak uchuvchilardan biri. Bolaligida oʻz plantatsiyasidagi barcha bolalarga ism qoʻygan.

Ovoz bergan: Yuuto Uemura

Kod 002 / Nol Ikki / Yota[5] — „Strelitsiya“ning ayol boshqaruvchisi, qizil shoxchalari bor, sirli qiz. Hiro bilan birinchi uchrashuvidan boshlab uni „azizim“ (inglizcha: Darling) deb ataydi. Syujet davom etar ekan, Kod 002 doktor Franx tomonidan yaratilgan revozavrlar malikasining kloni ekanligi maʼlum boʻladi.

Ovoz bergan: Haruka Tomatsu

Goro / Kod 056[5] — „Delfinium“ nomli Franxning erkak boshqaruvchisi. Ichigo va Hironing yaqin doʻsti. Ichigoga koʻngil qoʻyadi va keyinchalik uning farzandining otasi boʻladi.

Ovoz bergan: Yuichiro Umehara, Daiki Hamano (23-24-qismlar)

Ichigo/ Kod 015[5] — oʻzining plantatsiyasidagi sardor va „Delfinium“ni boshqaruvchi ayol uchuvchi. Hiroga javobsiz muhabbat qoʻygan.

Ovoz bergan: Kana Ichinose

Dzorome / Kod 666[6] — „Argentiya“ nomli Franx uchuvchisi. „APE“ga boʻlgan kuchli ishonchi va undan yordam kutishi bilan ajralib turadi.

Ovoz bergan: Mutsumi Tamura

Miku / Kod 390[6] — „Argentiya“ning ayol uchuvchisi. Quvnoqligi bilan ajralib turadi, Dzorome bilan muntazam ravishda janjallashib turadi, keyinchalik uning xotini boʻladi.

Ovoz bergan: Nanami Yamashita

Futosi / Kod 214[7] — „Genista“ va „Xlorofitum“ Franxlarining erkak boshqaruvchisi. Mitsuru sababli u bilan uchishni rad qilgan Kokoroga oshiq. Syujetning yakunida novvoy boʻladi.

Ovoz bergan: Hiroki Goto

Mutsuru / Kod 326[8] — „Genista“ va „Xlorofitum“ Franxlarining erkak boshqaruvchis. „Xlorofitum“ni yahshi boshqara olmagan va bunda Ikunoni ayblagan. „Genista“ni boshqarishga almashgandan soʻng Kokoroni sevib qoladi. Bolaligidan u Hironi ideal sifatida koʻradi va parazit boʻlishni xohlaydi.

Ovoz bergan: Aoi Ichikawa

Kokoro / Kod 556[7] — „Genista“ Franxning ayol uchuvchisi. Shahar xarobalari boʻylab sayr qilish paytida onalik haqidagi kitobni topib oladi. Kitobdan insonning reproduktiv imkoniyatlari haqida oʻqib oʻrganadi. Mitsuruga oshiq boʻlib, Hironing taklifiga koʻra unga turmushga chiqadi va farzand koʻrgan birinchi parazitga aylanadi.

Ovoz bergan: Saori Hayami

Ikuno / Kod 196[8] — „Xlorofitum“ Franxining ayol uchuvchisi. U oʻz hayotini magmatik energiyaning oʻrnini bosadigan texnologiyalarni izlashga va genetik jihatdan „parazitlar“ ning tez qarishini sekinlashtirishga bagʻishlaydi.

Ovoz bergan: Shizuka Ishigami

Saundtrek

tahrir

Serialning musiqiy qismi Asami Tachibana tomonidan yaratilgan va albom „Aniplex“ kompaniyasi tomonidan nashr etilgan. 21 trekni oʻz ichiga olgan birinchi disk 2018-yil 25-aprelda chiqarilgan seriyaning diskli nashrining birinchi jildiga kiritilgan[9]. Keyingi ikkita albom oʻsha yilning 25-iyul va 29-avgustida chiqarildi.

Darling in the Franxx Original Soundtrack Volume 1[9]
NomiIjrochi(lar)Davomiyligi
1.„cÅGE“Anna Pingina4:56
2.„Vanquish“Monik Dehanik2:40
3.„Odds and ends“ 2:23
4.„o-DOR“ 1:48
5.„Dino-S“ 2:01
6.„BEAST“ 2:46
7.„Counterattack“ 3:03
8.„Operation“ 3:04
9.„Reversal“ 2:47
10.„In the FRANXX“ 2:09
11.„Trente“ 1:51
12.„Distopia“ 1:52
13.„Godliness“ 2:20
14.„Aile“ 2:24
15.„Clarity“ 2:29
16.„Nuance“ 1:50
17.„Miel“ 1:30
18.„Dropping“ 2:08
19.„CODE:002“ 2:36
20.„VICTORIA“ 3:06
21.„Torikago (BGM-Rearrange)“ (Bastakor - Kachuhiko Sugiama) 1:55
Jami davomiyligi:51:38
Darling in the Franxx Original Soundtrack Volume 2[10]
NomiMuallif(lar)Ijrochi(lar)Davomiyligi
1.„FUSE“ Klaudiya Vaskes3:01
2.„Battle Cry“ Dj L-Spade3:30
3.„Your smile“  2:17
4.„Abandoned Places“  1:41
5.„The Seven Sages“  1:43
6.„Klaxosaur“  2:23
7.„Gutenberg“  2:23
8.„Shady History“  2:37
9.„ADuLt“  1:35
10.„Oneʼs Word“  1:52
11.„Vita“  1:53
12.„CHiLDRen“  1:31
13.„CODE:015“  2:52
14.„Lilac“  1:52
15.„Red Hibiscus“  2:28
16.„The Sands“  2:09
17.„Boys×Girls“  1:44
18.„VICTORIA -piano ver.-“  3:10
19.„Lilac -guitar ver.-“  1:51
20.„Mistilteinn“  2:30
21.„D#regards“cAnON.Anna Pingina4:12
Jami davomiyligi:48:34
Darling in the Franxx Original Soundtrack Volume 3[11]
NomiIjrochi(lar)Davomiyligi
1.„CODE:016“ 2:29
2.„RoCco“ 1:59
3.„Lotus“ 1:59
4.„CODE:001“ 2:26
5.„CoiL“ 3:16
6.„DESPAIR“ 2:25
7.„InVaDeR“ 2:44
8.„GLADIOLUS“ 3:52
9.„JUSTICE“ 2:20
10.„Requiem“ 2:55
11.„Cherry blossoms“ 2:23
12.„HIRO and ZERO TWO“ 3:41
13.„cÅGE -piano ver.-“ 1:57
14.„JUSTICE -Epiano ver.-“ 2:28
15.„Pray for..“ 5:49
16.„cÅGE -SPS ver.-“ 2:43
17.„FUSE -instrumental-“ 3:01
18.„Battle Cry -instrumental-“ 3:30
19.„Vanquish -instrumental-“ 2:40
20.„D#regards -instrumental-“ 4:12
21.„cÅGE -instrumental-“ 4:55
22.„Torikago (BGM-Rearrange) -guitar ver.-“Katsuxiko Sugiyama, Kota Yamamoto2:56
Jami davomiyligi:1:06:40

Manbalar

tahrir
  1. „A-1 Pictures' Kōenji Studio Rebrands as CloverWorks“. Anime News Network (2-aprel 2018-yil). 2018-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2018-yil.
  2. Chapman, Paul „A-1 Pictures Rebrands Their Kōenji Studio as CloverWorks“. Crunchyroll (4-aprel 2018-yil). 2018-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2018-yil.
  3. „On Air“ (yaponcha). Darling in the Franxx Official Website (28-dekabr 2017-yil). 28-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „DARLING in the FRANXX Anime's 3rd Ad Introduces 2 Lead Characters“. Anime News Network (13-sentabr 2017-yil). 17-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2017-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „DARLING in the FRANXX Anime Ad Reveals 2nd Round of Characters“. Anime News Network (20-sentabr 2017-yil). 21-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2017-yil.
  6. 6,0 6,1 „DARLING in the FRANXX Anime Ad Reveals 3rd Round of Characters“. Anime News Network (27-sentabr 2017-yil). 30-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2017-yil.
  7. 7,0 7,1 „DARLING in the FRANXX Anime Ad Reveals 4th Round of Characters“. Anime News Network (4-oktabr 2017-yil). 16-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
  8. 8,0 8,1 „DARLING in the FRANXX Anime Reveals New Visual, Story“. Anime News Network (15-noyabr 2017-yil). 16-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2017-yil.
  9. 9,0 9,1 „ダーリン・イン・ザ・フランキス 1“ (yaponcha). darli-fra.jp. 28-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2018-yil.
  10. „ダーリン・イン・ザ・フランキス 4“ (yaponcha). darli-fra.jp. 11-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2018-yil.
  11. „ダーリン・イン・ザ・フランキス 5“ (yaponcha). darli-fra.jp. 31-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2018-yil.

Havolalar

tahrir