Daryolar gidrologiyasi
Daryolar gidrologiyasi - quruqlik gidrologiyasining boʻlimi. Daryolar, ularning oʻzani va havzalaridagi suv oqimi va oqiziklarning gidrologik rejimini oʻrganadi. D. g. daryo oʻzanining holatini, tabiiy omillar — Yer sirti holati (geologik tuzilishi, relyefi, oʻsimlik qoplami, tuproq sharoiti) va iqlimi (atmosfera yogʻinlari, havo harorati) hamda inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillarning oqimga taʼsirini oʻrganadi. D.g. oʻzan jarayonlari, oʻzan oqimi dinamikasi, daryolarning temperatura rejimi, muzlash hodisalari, minerallashuv darajasi, shuningdek, daryolarning suv rejimi elementlarini oldindan aytish — bashorat qilish bilan shugʻullanadi (yana qarang Gidrologiya).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |