Daryolisoy yodgorliklari
Daryolisoy yodgorliklari— Qadimgi Zarafshon daryosining eng qadimgi oʻzanlaridan biri hisoblanadi. Daryolisoy sohillaridan ilk neolit davriga oid qirgʻichlar, tarashlagichlar, paraqalar va trapetsiyalar topilgan. Bundan tashqari makondan naqshli sodda sopol idishlarining parchalari ham topilgan.Neolit davri odamlari daryo sohilida makon qilib, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanganlar. Neolit davri yodgorliklari Qizilqumning Chinkeldi,Echkilisoy,Xoʻja Gumbaz,Qoraqat degan joylaridan topilgan. Topilgan arxeologik manbalar Daryolisoy topilmalariga oʻxshash boʻlganligi sababli uni Daryolisoy tipidagi ilk neolit davri yodgorliklari qatoriga kiritadilar[1].
Manbalar
tahrir- ↑ N. A. Egamberdieva. Arxeologiya(Oʻquv qoʻllanma).Toshkent—2011.56-bet.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |