Dastur ul-muluk
Dastur ul-muluk (“ Podshohlarga qo'llanma”) nomli tarixiy asar, muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziydir.
Uning 233 oʻz ismi Muhammad Baqoxoja boʻlib, asli Nasaf (Qarshi)lik, Mir Haydariy tariqati shayxlaridan biri oilasida dunyoga kelgan. Xoja Samandar Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645—1681) va Subxonqulixon (1681—1702) bilan zamondosh boʻlgan. U 1702-yilgacha Qarshida raislik lavozimida turgan, Abdulazizxon va Subxonqulixonning harbiy yurishlarida ishtirok etgan.
Bizning davrimizgacha olimning ikki muhim asari yetib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” boʻlib, u 1695-yili va ikkinchisi “Anis ul-fuqaro” (“Faqirlar doʻsti”) nomi bilan mashhur bo'lib, 1735-yili yozilgan. Oʻzbekiston tarixini oʻrganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari zoʻr qimmatga ega. Asar Buxoro xonligining XVII asrning 70—90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari oʻrtasidagi siyosiy munosabatlami oʻrganishda katta ahamiyatga ega. “Dastur ul-muluk”da oʻzbeklarning etnik tarkibi haqida ham muhim dalil va ma’lumotlarni uchratamiz. 1971-yili “ Dastur ul-m uluk”asarining forsiy matnini, ruscha tarjimasi, zarur izohlar bilan M.A.Salohitdinova chop etdi. Asarning oʻzbekcha nashri 1997-yili Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi.
Adabiyotlar
tahrir- Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.