Dasturxonchi - 1) toʻy va b. marosimlarda dasturxon ishlarini boshqaradigan ayol. D.likka ayollar mahalladagi chaqqon, pazanda, ishbilarmon ayolni saylab qoʻyadilar (baʼzi shahar mahallalarida tayinlanadi). D. ni Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida kayvoni, xodim deb ham atashadi. Asosan, issiq ovqat tayyorlash va tortish, toʻydan soʻng idish-tovoqni saranjomlash ishlarini ham bajaradi, toʻy yoki boshqa marosim (mas, aza) turiga qarab D. ning alohida xizmati bor; 2) Turkiston xonliklarida saroy xizmatchilaridan biri. Ular saroyga kelgan mehmonlarni kutib olish, ularning oldiga dasturxon yozib, taom keltirish, kuzatib qoʻyish ishlarini boshqarib turishgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil