David Gill
David Alan Gill (inglizcha: David Alan Gill;1957-yil 5-avgustda Angliyaning Reding shahrida tugʻilgan[1]) — britaniyalik futbol maʼmuri, hozirda Angliya futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti[2]. Tashkilot oʻz-oʻzini tarqatib yuborgunga qadar "Manchester United" ning sobiq ijrochi direktori va G-14 boshqaruv qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.
David Gill | |
---|---|
Tavalludi | 5-avgust 1957 |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | moliya mutaxassisi |
Bolalari | Adam, Oliver va Jessika |
Martaba
tahrirReding shahrida tugʻilgan Gill Birmingem universitetida buxgalterlik darajasini olgan va 1981-yilda Price Waterhouse kompaniyasiga qoʻshilgan[3]. San-Franciskoda ikki yil ishlagandan soʻng, David 1986-yilda kompaniyani tark etdi va BOC Group korporativ moliya boʻlimiga oʻtdi. 1990-yilda Gill „Avis Rent a Car System“ kompaniyasiga koʻchib oʻtdi va u yerda 1992-yil avgust oyida „GE Capital“ kompaniyasiga Yevropa lizing biznesini 1 milliard dollarga sotishni yakunladi. Keyinchalik u London fond birjasida va Buyuk Britaniyaning uchinchi yirik turoperatori „First Choice Holidays“ kompaniyasida ishlagandan soʻng global boshqaruv boʻyicha maslahatchi Proudfoot PLC kompaniyasining moliya direktori boʻlib ishladi. 1997-yilda David Gill "Manchester United" futbol klubiga oʻtdi[4].
Manchester United
tahrirGill "Manchester United" ga moliyaviy direktor sifatida qoʻshildi. 2000-yilning avgust oyida u klub bosh direktori oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilib, moliyaviy direktor lavozimini saqlab qolgan. 2001-yil iyul oyida Nik Xumbi "Manchester United "ning moliyaviy direktori etib tayinlandi, shuning uchun Gill yana boshqaruvchi direktor lavozimiga koʻtarildi, bu unga eʼtiborini kundalik biznes operatsiyalarini boshqarishga (homiylik munosabatlari, marketing, biznesni rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar, biznesni tashkil etish) qaratish imkonini berdi.
2003-yil sentabrida sobiq ijrochi direktor Piter Kenyon klubni tark etganidan so‘ng, Gill "Manchester United „ning bosh direktori etib tayinlandi[5][6].
2013-yilning 20-fevralida David Gill 2013-yil 30-iyun kuni Angliya Premyer-ligasi mavsumi yakunlangach, “Manchester Yunayted" klubi bosh direktori lavozimini tark etishini eʼlon qildi[7][8].
Shahsiy hayot
tahrirDavid Gillning uchta farzandi bor: oʻgʻillari Adam va Oliver va qizi Jessika. Oliver „Manchester Yunayted“ bilan professional shartnoma imzolagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ https://ru.unionpedia.org/%D0%93%D0%B8%D0%BB%D0%BB,_%D0%94%D1%8D%D0%B2%D0%B8%D0%B4_%D0%90%D0%BB%D0%B0%D0%BD
- ↑ 2,0 2,1 „«Corruption in football: Untangling FIFA's mysteries», The Economist, 2 June, 2015“. 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-sentyabr.
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/august/5/david-gill-executive
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/august/5/david-gill-executive
- ↑ „Club Charter. Manchester United Ltd. 2006.“. 2010-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-aprel.
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/august/5/david-gill-executive
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/august/5/david-gill-executive
- ↑ „David Gill to step down as CEO“. 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-fevral.