David Guramishvili
Guramishvili David [1705, Saguramo - 1792.21.7(1.8), Mirgorod] — gruzin shoiri. Harbiy xizmatda boʻlgan (1738 — 60). Yevropadagi bir qancha yurishlarda qatnashgan. Gusarlar polkiga qabul qilinib (1738), turar joy va yer (Mirgorod, Ukrainada) bilan taʼminlangan. 1760-yil isteʼfoga chiqib, ijod va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 2 doston va lirik sheʼrlardan tuzilgan "Davitiani" (1787) avtobiografik asari mashhur. Dostonlarida gruzin xalqining oʻtmish tarixi ("Gruziya jarohatlari"), dehqon va choʻponlar hayoti ("Choʻpon Katsviya") aks etgan. Lirik sheʼrlari qoʻshiq janrida yozilgan va xalq orasida keng tarqalgan. Ijodi 19 — 20-asr gruzin sheʼriyatiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |