David Ochildiyev
David Yoqubovich Ochildiyev — Sovet tarixchisi va sharqshunosi, Afgʻonistonning yangi va eng yangi tarixi boʻyicha mutaxassis, tarix fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Ochildiyev David Yoqubovich | |
---|---|
Tavalludi |
1932 Fargʻona shahri |
Vafoti | Nyu-York |
Istiqomat joylari | Fargʻona shahri, Nyu-York |
Fuqaroligi | fuqaroligi= SSSR |
Millati | yahudiy |
Sohasi | tarixchi |
Ish joylari | FDPI |
Akademik rahbarlari | Professor A.X.Boboxoʻjaev, Professor N. A. Xalfin |
Mashhur ishlari |
Afgʻon xalqining milliy mustaqillik uchun kurashi va ichki islohotlariga bagʻishlangan ocherklar (1900—1914).Tashkent, 1967. Mustaqillika erishish arafasida Afgʻonistonning ijtimoiy-siyosiy gʻoyasi. Tashkent, 1972. |
Mukofotlari | „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“, „Xalq maorifi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni |
Biografiyasi
tahrirOchildiyev David Yoqubovich — 1932-yil 2-dekabr kuni Fargʻona shahri yahudiy oilasida tavallud topgan. Otasi — Yoqub Sholom Ochildiyev. Uzoq yillar qishloqda Sovet isteʼmol kooperatsiyasi tizimida ishlagan. Onasi — Mazol Manaximovna Yadgarova. David 1951-yilda Fargʻona shahridagi 10-son oʻrta maktabni tamomlagan. 1991-yilda doimiy yashash uchun AQSh davlatiga koʻchib ketgan. Ochildiyev David Yoqubovich 2020-yil 6-may kuni AQShning Nyu-York shahrida 88 yoshida yurak hurujidan vafot etdi[1]. 2020-yil 7-may kuni Nyu-Yorkdagi Kvins shahrining Mount Carmel qabristonida dafn etilgan.
Maʼlumoti
tahrir1953-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining (SAGU) Sharq fakultetiga oʻqishga kirdi va oliygohni 1958-yilda „Sharq mamlakatlari tarixi“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomladi.
Ilmiy faoliyati
tahrirOchildiyev David Yoqubovich oʻz mehnat faoliyatini 1959-yilning yanvar oyida Fargʻona davlat pedagogika institutida kafedra oʻqituvchisi lavozimida boshladi. Bir yildan keyin u Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoshidagi kunduzgi aspiranturaga kirdi. Aspiranturani tamomlagach, shu institutning Afgʻoniston va Eron fakul’tetiga kichik ilmiy xodim lavozimiga ishga qabul qilindi. U oʻzbek, tojik va rus tillari bilan bir qatorda ingliz, fors va pushtun tillarini yaxshi bilardi. Professor A.X.Boboxoʻjaev rahbarligida „Omonullaxon islohotlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1963-yil 17-oktyabrda „XX asr boshlarida Afgʻoniston ichki siyosiy va xalqaro ahvolining ayrim masalalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1967-yilda unga dotsent ilmiy unvoni berildi. 1963-yilda tarix fanlari nomzodi boʻldi. 1964-yilning oʻrtalarida D.Ya.Ochildiyev FDPIga qaytib keldi va umumiy tarix kafedrasining katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat koʻrsata boshladi. 1965-1968-yillarda shu kafedraning mudiri lavozimida mehnat qildi. 1968-1970-yillarda katta ilmiy xodim lavozimiga oʻtkazildi va ikki yil muddatga SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga xizmat safariga yuborildi. Bu yerda u doktorlik dissertatsiya ustida ish olib bordi. 1971-yilda D.Ya.Ochildiyev Fargʻona davlat pedagogika instituti umumiy tarix kafedrasining mudiri, 1973-1988-yillarda esa institutning ilmiy ishlar boʻycha prorektori boʻlib ishladi[2]. 1965-1991-yillari Fargʻona davlat pedagogika institutining Xalqaro tarix kafedrasida kafedra mudiri boʻlib faoliyat yuritdi. 1970-1973-yillarda Moskva shahrida SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranturasini tugatdi. Professor N. A. Xalfin rahbarligida 1974-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida „Kichik afgʻon harakati“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va tarix fanlari doktorligini oldi.
Unvonlari
tahrirYirik olim va mohir fan tashkilotchisining barakali ilmiy-pedagogik faoliyati va kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissasi hukumat tomonidan munosib taqdirlandi. Unga 1983-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoni berildi. Ayni vaqtda u Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qator faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi, „Xalq maorifi aʼlochisi“ koʻkrak nishonini olishga muyassar boʻldi.
Ilmiy ishlari
tahrirOlim 8 ta monografiya, 2 ta risola, 1 ta oʻquv qoʻllanma va 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar eʼlon qildi. 17 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktor shogirdlar chiqargan[3].
Monografiyalari
tahrirAfgʻon xalqining milliy mustaqillik uchun kurashi va ichki islohotlariga bagʻishlangan ocherklar (1900—1914).Tashkent, 1967. Mustaqillika erishish arafasida Afgʻonistonning ijtimoiy-siyosiy gʻoyasi. Tashkent, 1972. Yosh afgʻon harakati (1900—1929).Tashkent, 1985. Buxoro yahudiylarining tarixi (qadimgi zamondan XIX-asr oʻrtalariga), knigi I-II.Mir Collection, Nyu-York, 2001.-ISBN 1-893552-09-8 A History of the Bukharan Jews by David Ochildiev, 2005, 216 pages. Publisher: Mir Collection Publishing House (September 15, 2005). ISBN 189355225X[4][5]
Manbalar
tahrir- ↑ „[:uzДАВИД ЯКУБОВИЧ ОЧИЛДИЕВ[:]“]. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ https://fergana.uz/site/view/news/1575
- ↑ http://e-library.namdu.uz
- ↑ https://everipedia.org/wiki/lang_en/David_Ochildiyev[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://alchetron.com/David-Ochildiyev