Davlat Bobonov
Davlat Husniddin oʻgʻli Bobonov (tugʻ. 1997-yil 7-iyun, Nurota tumani, Navoiy viloyati) – oʻzbek dzyudochisi (90 kg vazn toifasida). 2022-yilgi dzyudo boʻyicha Jahon chempionati oltin medali sohibi, 2021-yilgi Jahon chempionati va Osiyo chempionnati medali sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali sovrindori. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[1].
Davlat Bobonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Davlat Husniddin oʻgʻli Bobonov |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
7-iyun 1997-yil Nurota tumani, Navoiy viloyati |
Vazni | 90 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Murabbiy(lar)i | Nurali Qobilov |
Biografiyasi
tahrir1997-yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Chuya qishlogʻida tugʻilgan.
Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktab-internati, Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Murabbiy Nurali Qobilov[2].
Faoliyati
tahrir2020-yilda Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi musobaqada finalda ukrainalik sportchi Kedjau Nyabali ustidan gʻalaba qozongan[3].
2021-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik sportchi Syoitiro Mukayani magʻlub etib, chempionlik unvoni qoʻlga kiritgan[4].
2021-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida u 90 kg vazn toifasida finalda ispaniyalik dzyudochisi Nikoloz Sherazadishviliga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2022-yil 10-oktyabr kuni Toshkent shahridagi „Humo Arena“ sport saroyida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatining erkaklar oʻrtasida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi final bellashuvida Davlat Bobonov italiyalik raqibi Kristian Parlatini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Taqdirlash marosimida Davlat Bobonov (oltin), Kristian Parlati (kumush), gruziyalik Lasha Bekauri va Luka Maysuradzega (bronza) medallariga sazovor boʻldi. Medallarni Shavkat Mirziyoyev topshirdi[5][6][7][6][8].
Davlat Bobonov 2024-yilning 31-iyul kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/32 finalda BAA vakili Aram Grigoryandan magʻlubiyatga uchradi[9].
Unvon va mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXMII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (2021-yil 13-avgust). Qaraldi: 16-avgust.
- ↑ „Илиадис изидан бораётган Давлат Бобоновни табриклаймиз!“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
- ↑ „Dusseldorf Grand Slam 2020 / IJF.org“. www.ijf.org. Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
- ↑ „JudoInside - Davlat Bobonov Judoka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlarini tomosha qildi (foto)“ (oʻzbekcha). Daryo.uz. Qaraldi: 25-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 UzA YouTubeda
- ↑ MTRK YouTubeda
- ↑ EURONEWS YouTubeda
- ↑ „Ўзбекистонлик спортчиларнинг Олимпиададаги иштирокидан“. olamsport.com. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
- ↑ „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.