Davlat Rizayev (1903-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik jamoat xodimi.

Davlat Rizayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1903-yil
Xorazm
Vafoti 1937-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • jamoat xodimi
Mukofotlari

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Davlat Rizayev 1903-yilda yangi Urganchda bogʻbon oilasida dunyoga kelgan. 13 yoshiga qadar otasi Riza buva va onasi Salomat ayalar bagʻrida ulgʻaygan, soʻngra eski usuldagi maktabda tahsil olgan. Shundan soʻng Yangi Urganchning davlatmand savdogarlaridan Matyoqub Qultaga shogird boʻlib tushgan. Ish bilan bir vaqtda yangi usulda dars beruvchi oʻqituvchiga qatnab rus tilini ham oʻrgangan.

Davlat Rizayev 1918—1920-yillar mobaynida Junaidxon yordamida Yangi Urganchga hokim boʻlgan, oʻzining rus tilini bilishi, intiluvchanligi sababidan ham tezda tanilgan. Xivada xonlik agʻdarilgach, 1920-yil mart oyidan boshlab 5 oy davomida Xivadagi internatda tarbiyachi vazifasida faoliyat yuritgan. Soʻngra boshqa tengdoshlari singari 1920—1921-yillarda Orenburg maorif institutida tahsil olgan. Ammo iqtisodiy yetishmovchiliklar sababidan oʻqishni yakunlay olmaydi. Toshkent shahriga qaytgach, 6 oylik sovet partiya maktabini tamomlagan. Bu vaqtga kelib Davlat Rizayev yosh taraqqiyparvar yoshlardan biri sifatida turli gazetalarga maqolalar ham yozib turgan[1].

1922-yilda firqaga nomzod boʻlgan. Qizil qoʻshinda siyosiy rahbar boʻlib ishlagan. 1924-yilda firqa aʼzoligiga oʻtgan va Xorazm MIQ raisi S.Jumaniyozov bilan Moskvada Chicherin qabulida boʻlib, Xorazm Respublikasining taqdiri toʻgʻrisidagi muzokaralarda ishtirok etgan. Toshovuz shahrida boʻlib oʻtgan okrug partiya syezdida Xorazm Respublikasini saqlab qolish masalasini himoya qilgan. Shu yili Xorazm Markazkomi tomonidan MK vakili sifatida Urganch va Xonqa tumanlarini va Toshovuz shahrini bosmachilardan muhofaza qilish uchun yuborilgan.

Xorazm Respublikasi „Qizil bayroq“ va Xorazm „Mehnat qizil bayroq“ ordenlari bilan taqdirlangan. 1924-yil 1-dekabrda VKP(b) Oʻrta Osiyo byurosi aʼzosi, 1925-yilda Oʻzbekiston xalq maorif komissari oʻrinbosari, oʻquv yurtlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan va oʻsha yili 22-noyabrdan maorif komissari etib tayinlangan. Shu bilan birga Oʻzbekiston K(b)P MK Ijroiya byurosi aʼzosi va Oʻzbekiston MIQ aʼzosi, SSSR MIQ va Millatlar soveti aʼzosi boʻlgan. 1928—1929, 1930—1932-yillarda Moskvada Sverdlov nomidagi universitetida tahsil olgan.

1929—1930-yillarda Xorazm okrujkom MK kotibi boʻlib ishlagan. 1932-yilgacha Moskvada boʻlgan. 1933-yilda Norin tumani firqa kotibi lavozimida ishlagan. 1933-yil 1-avgustdan 1934-yilgacha Samarqand shahar firqa kotibi, 1934-yilda VKP(b) MK firqa nazoratining Oʻzbekistondagi vakili, 1937-yilda Qoraqalpoq obkomi kotibi lavozimida ishlagan[2].

Ayblov

tahrir

1937-yil 3-avgustda qamoqqa olingan. 1937-yil 1-oktyabrda qiynoq va tuhmatlarga chiday olmay, oʻzini oʻzi mahv etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „ДАВЛАТ РИЗАЕВ“. urdu.uz. Qaraldi: 11-avgust 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.