Davlat moliyasi
Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. D. m. pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Birinchi marta "D. m." atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda D. m. turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida D. m.ning murakkab tizimi vujudga keldi.
Hoz. vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda D. m. katta ahamiyatga ega. U takror i. ch. jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va b. da yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi D.m. va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.
Ahmadjon Oʻlmasov.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |