Davlat qoʻmitalari (OʻzRda) -umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiklashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tarmoqdagi ahvol uchun masʼul hisoblanadi. "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q.ning hukuqiy holatini belgilab bergan. Qonunga kura, D.q. faoliyati ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. D.q.ga raislar rahbarlik qiladi. Raislar tegishli qoʻmita vazifalarini bajarishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi. Har bir qoʻmitada hayʼat tuziladi, hayʼat qarorlari, odatda, rais buyruqlari bilan amalga oshiriladi. D.q. raislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. D.q. raislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, keyinchalik bu masala Oliy Majlis tasdigʻiga kiritiladi (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi). Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raysini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi OʻzR Prezidentining taqdimiga muvofiq tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi D.q. (2002-yil iyul).:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita;Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil