Davlat xavfsizligi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Davlat xavfsizligi — davlatning suverenitetini, konstitutsiyaviy tuzumini, aholining tinch turmush tarzini, chegaralarning daxlsizligini hamda hududiy yaxlitligini taʼminlashga qaratilgan choralar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi sohasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-y. 25-avgustdagi va 26-sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining Oʻzbekistonga qarshi razvedka — qoʻporuvchilik faoliyati b — n kurash olib boradilar , OʻzRning mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy — texnikaviy va mudofaa qudratini gʻayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining ishlashini nodoʻstlik kayfiyatidagi davlatlar va Kons.ga qarshi ichki tuzilmalar maxsus xizmatlarining razvedka — qoʻporuvchilik va b . xil jinoiy tajovuzlaridan samarali himoya qilish uchun javobgardir va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisi Senati oldida muntazam ravishda hisob berib turadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi