Davlatov Said — 1902-yili To‘ytardir qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘tmishida bosmachilik harakatida faol qatnashgan. 1932-yili quloqqa tortilgan va maxsus posyolkaga surgun qilingan. Aksilinqilobiy kayfiyatda bo‘lib maxsus ko‘chirilganlar va erkin yollanma ishchilar orasida doimiy ravishda targ‘ibot olib borgan Tuxachevskiy va boshqa xalq dushmanlarining otilishi munosabati bilan sovet hokimiyatiga qarshi to‘hmatlar qilgan, Sovet Ittifoqiga nisbatan mag‘lubiyatchilik kayfiyatlar bildirgan, partiya va xalqlar dohiysiga aksilinqilobiy tuhmatlar qilgan, NKVD maxsus posyolkasi komendaturasi xodimlariga qarshi terakt tayyorlashda ayblangan.[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409-bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.