Davron Salimov
Davron Ismoilovich Salimov (1941-yil 17-mart, Toshkent) — operator, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). VGIK (Butunittifoq Davlat kinematografiya instituti) ni tugatgan (1965). 1961-yildan Hujjatli filmlar kinostudiyasida operator (1986—1993-yillar direktor). "Toshkentda shunday qiz yashaydi", "13 qaldirgʻoch", "Ustoz, senga taʼzim qilamiz" kabi qisqa metrajli, "Yoʻlda va ona yurtda", "Toshkent, Zilzila", "Sanʼatga baxshida umr", "Oltin Bengaliya" kabi toʻlametrajli publitsistik hujjatli filmlarni, "Olmos", "Komandirning qaytishi", "Umidimiz qushlari" kabi badiiy filmlarning operatori. "Bobo" ("Kumush ajdar" sovrinini olgan, Krakov), "Otaonalar uyi" kabi qisqa metrajli, "Suv keldi", "Qizilqumni dashtbiyobon demagil" kabi toʻla metrajli poetik, publitsistik hujjatli filmlarning muallif — rejissyor, operatori. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |