Daysunxon

oyrat xoni (1439-yildan)

Daysunxon (1422-52) - oyrat xoni (1439-yildan). D. davrida hamma moʻgʻul yerlarini Oyrat xonligi qoʻl ostida (qisqa muddatga) birlashtirishga erishilgan; bu birlashtirish jarayonida muhim rolni D.ning 1-vaziri Esen oʻynagan. Taxt vorisligi va Xitoyga nisbatan siyosiy munosabat masalalari boʻyicha D. va Esen oʻrtasidagi kelishmovchilik oqibatida qurolli janjal kelib chiqqan, natijada D. oʻldirilgan, Esen esa bir oz vaqt oʻtgach, oʻzini buyuk xon deb eʼlon qilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil