De - Broyl nazariyasi
de-Broyl nazariyasi
tahrirYorugʻlikning interferensiya va difraksiya hodisalarini hosil qilishi, uning toʻlqin xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Yorugʻlikning fotoeffekt, kompton effekti hodisalarda koʻrinishi esa uning korpuskulyar (zarra) xususiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Shunday qilib, yorugʻlikning bir vaqtda ham toʻlqin ham korpuskulyar xususiyatlarga, yaʼni toʻlqin-zarra dualizm xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu xususiyatlar bir-birini istisno qilmaydi, balki bir-birini toʻldiradi. Yorugʻlikning ham toʻlqin ham korpuskulyar xususiyatga ega boʻlishligi uzoq vaqtlargacha sezilarli boʻlmadi. Elektromagnit toʻlqinlarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligi aniqlangandan soʻng moddiy zarralar ham toʻlqin xususiyatiga egami, degan savol tugʻiladi. Bu savolga kvant mexanikasi nazariyasining asoschilaridan biri fransuz fizigi Lui de-Broyl javob berdi. De-Broyl dualizm faqat optik hodisalarga xos xususiyat boʻlmay, balki universal ahamiyatga ega, degan fikrni ilgari surdi. De-Broyl 1924-yilda barcha moddiy zarralar korpuskulyar xususiyatga ega boʻlishi bilan birga toʻlqin xususiyatga ham ega, degan oʻz gipotezasini taklif qildi. Endi zarraning korpuskulyar va toʻlqin xususiyatlarini bogʻlovchi munosabatlarni chiqarish kerak edi. De-Broyl toʻlqin va korpuskulyar manzaralarning biridan ikkinchisiga oʻtish qoidalarini moddiy zarralar holiga tatbiq etdi. Erkin fazoda υ doimiy tezlik bilan harakatlanayotgan m massali moddiy zarra (masalan, elektron) mavjud boʻlsin. Korpuskulyar manzarada zarra E energiya va P impuls bilan xarakterlanadi, toʻlqin manzarada chastota v va λ toʻlqin uzunligi bilan aniqlanadi. Agar toʻlqin va zarra manzaralar bitta nam unaning turli jihatlari boʻlsa, u holda ulami xarakterlovchi kattaliklarorasidagi bogʻlanish quyidagi munosabatlar orqali ifodalanadi: E=hv (1), P=h/λ (2).
- (2) formuladan de-Broyl toʻlqin uzunligini topish mumkin: λ=h/P (3)
de-Broyl tenglamalari
tahrir- Tinch holatdagi massasi nolga teng boʻlmagan zarralar uchun P=m9, kichik tezliklar uchun m oʻzgarmasdir. Relyativistik zarralar uchun impulsni Eynshteyn nisbiylik nazariyasidan foydalanib topish mumkin. Shunday qilib, de-Broyl gipotezasini quyidagicha taʼriflash mumkin: m massa va E energiyaga ega boʻlgan moddiy zarra korpuskulyar xususiyatga ega boʻlishi bilan birga toʻIqin xususiyatiga ham egadir. Zarralarning korpuskulyar va toʻlqin xususiyatlarini bogʻlovchi (1) va (2) tenglamalar de-Broyl tenglamalari deyiladi.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- G.Ahmedova „Atom fizikasi“ kitobi, 2013-yil
- Landau „Nazariy mexanika“ kitobi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |