Debitor
Debitor (lot. debitor) — mulk yoki pul qarzi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs, iqtisodiy subʼyekt. Iqtisodiy xoʻjalik aloqalarida korxona, firma, kompaniya va b.ga D. — qarzdorlar (boshqa firma, korxona, kompaniya, shuningdek, fuqarolar) toʻlashi lozim boʻlgan qarzlar miqdori de -bitorlik qarzini hosil qiladi. Bunday qarzlar muddatida qaytariladigan va toʻlash muddatidan oʻtib ketgan qarzlarga boʻlinadi. Oʻz vaqtida undirib olinmagan qarzlar uni bergan korxona zarariga qoʻshib yoziladi. Debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida toʻlanishi bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy intizomning muhim talabidir.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |