Debo
Debo ("devbof" – dev toʼqigan mato) – turli rangda tovlanuvchi harir ipak mato[1][2]. Xitoyda toʼqilgan navi (Deboi Chin) mashhur boʼlgan. “Muntahal-arab”da Deboni toʼqish sirrini Sulaymon paygʼambar devlardan oʼrganganligi haqida maʼlumot berilgan. “Tarixi anbiyo va hukamo”da Muso alayhissalomning yoshi saksonga borganda “Tavrot” lavhlarini Deboga oʼrab, sandiq ichiga solganligi hamda bu sandiqni asrashni Horunga topshirganligi haqida soʼz yuritiladi. “Tarixi muluki Аjam”da Xusrav Parvizning podshohlik shavkatining nishonalaridan biri sifatida Debodan toʼqilgan gilam haqida maʼlumot berilgan[3][4][5].
Alisher Navoiyning g'azallaridan birida ham "debo" so'zi qo'llangan:
Bemalohat xoʼbkim debo kiyar bor uylakim,
Maʼni oʼlgʼay choshnisizlik anga pargor lafz.
(“Badoeʼ ul-vasat”, 285-gʼazal)[6]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |